Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:59

Xonanda Shahlo Ahmedova "andishasiz" videoklipi uchun litsenziyadan mahrum qilindi (VIDEO)


Xonanda Shahlo Ahmedova (Surat "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi rasmiy saytidan olindi)
Xonanda Shahlo Ahmedova (Surat "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi rasmiy saytidan olindi)

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qo‘shiqchi Shahlo Ahmedovaga 2018 yil 13 noyabrdan boshlab konsert faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. “O‘zbekkonsert”ning rasmiy saytida e’lon qilingan rasmiy bildiruvda qaror bunday izohlangan:

“Xonanda Sh.Ahmedovaning “Letnie dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”.

“O‘zbekkonsert”ning rasmiy bildiruvida aytilishicha, “muassasa tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, xonanda Ahmedova Shaxlo Baxtiyor qizining “Letnie dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotganligi aniqlangan”.

Ma’lumotlarga qaraganda, klip TV orqali biror marta ham namoyish etilmagan. Ushbu xabar yozilayotgan paytda Ahmedovaning YouTube –kanalida 8 noyabr kuni qo‘yilgan klipni 142 mingdan ziyod foydalanuvchi ko‘rgan.

Shahlo Ahmedova – Surxondaryoning Denov shahrida tug‘ilgan, yoshi 24 da, 2013 yilda O‘zbekiston Davlat konvervatoriyasi qoshidagi akademik litseyni tamomlagan. Qo‘shiqchi televidenie Zo‘r-zo‘r Star loyihasida ikkinchi o‘rinni egallagan.

O‘zbekistonlik qo‘shiqchilarga o‘tgan yilning iyulidan boshlab o‘zboshimchalik bilan videokliplarni shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham joylashtirish taqiqlangan. Har bir ijrochi internetda o‘z klipini internetda joylashtirishdan oldin “O‘zbekkonsert” qoshidagi badiiy kengashdan ruxsat olishi shart.

“2018 yilning fevral oyidan boshlab “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashi mana bir necha oydan beri o‘z faoliyatini davom ettirib kelyapti. Mutaxassislardan iborat bo‘lgan bu kengash yig‘ilishlarida milliy qadriyatlarimizga, sharqona odob-axloq qoidalariga yot bo‘lgan, yoshlarimizning ruhiy-ma’naviy dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shiqlar va videokliplarni yaratmaslik borasida xonandalarga yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar, tavsiyalar berib borilyapti”, deyilgan “O‘zbekkonsert”ning rasmiy bildiruvida.

XS
SM
MD
LG