Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2025, Тошкент вақти: 09:25

"Sud 20 yil birga yashamaslikni vaqtincha kelishmovchilik deb hisoblamoqda"


Ozodlikka toshkentlik Ulug‘bek Rahimbekovdan ariza shaklida kelgan maktubning mazmunini e’tiboringizga havola qilayapmiz.

“Men – Ulug‘bek Rahimbekov, Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish 2/3 dahasidan maktub yo‘llamoqdaman. Z.R. bilan rasman er-xotinmiz, ammo 1998 yildan buyon birga yashamaymiz.

Joriy yil 8 yanvarda fuqarolari ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga nikohni bekor qilishlarini so‘rab murojaat qildim. Sud da’vo arizamni g‘ayriqonuniy tarzda rad qildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shikoyat bilan murojaat qildim. Ammo shahar sudi murojaat “20 yil muddat birga yashamaslik vaqtincha kelishmovchilik hisoblanadi va oilani barbod qilishga sabab bo‘la olmaydi” degan vajni keltirib, arizani rad qildi.

Oliy sudga shikoyat yozdim. Oliy sud sudьyasi T.Qurbonov “U.Rahimbekovning shikoyati bo‘yicha sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta kurish uchun asoslar mavjud emas” deb javob berdi.

Ammo baribir nikohni bekor qilish masalasi hal etilmadi. Sudya T.Qurbonov tomonidan 27.07.2018 yilda chiqarilgan 12-4050-18-sonli ajrim xalqaro va milliy qonunlarga zid hisoblanadi.

Boz ustiga, sudya o‘z ajrimida meni ma’muriy huquqbuzar deb topilganimni qayd etgan. Holbuki, Olmazor tumani ma’muriy sudining 24.03.2018 yildagi qaroriga ko‘ra, MJTKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi sababli menga nisbatan ochilgan ma’muriy ish harakatdan tugatilgan.

Rasman nikohimdagi ayol bilan 20 yildan beri birga yashamaymiz. Qolaversa, u menga ma’lum qilmasdan Turkiyaga ketib 1 yilu 4 oyda qaytib keldi.

Bu holat esa sudyalar himoya qilayotgan er-xotinlik munosabatlariga xiyonatdir. Shu va etika yuzasidan ma’lum qilinmagan boshqa sabablarga ko‘ra xotinim bilan qonunan ajrashishni istayman. Nazorat tartibida berilgan shikoyatim O‘zbekiston Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqilsin”.

XS
SM
MD
LG