Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:28

AQSh Rossiyaga yadroviy kelishuv shartlariga amal qilishni boshlash uchun 60 kun muhlat berdi


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo (chapda) NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg

Rossiya ikki oy ichida yadroviy qurollarni qisqartirish bo‘yicha 1987 yilda erishilgan shartnomaga amal qilishga qaytmasa, AQSh shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarishni to‘xtatadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 4 dekabr kuni Bryusselda o‘tgan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan so‘ng bayonot berdi.

1987 yilda imzolangan O‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha bitimga asosan AQSh va Rossiya 500 kilometrdan 5000 kilometrgacha bo‘lgan masofaga otiladigan ballistik raketalarni ishlab chiqarmaslik va sinovdan o‘tkazmaslik majburiyatlarini olgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp oktabr oyida Moskva bu majburiyatni bajarmayotganligini, aksincha, yangi qanotli raketa tizimini ishlab chiqarayotganini aytgan edi.

SSC-8 yoki «Novator 9M729» degan nom ostida qanotli raketa ishlab chiqarayotgan Rossiya shartnoma majburiyatlariga qat’iy amal qilib kelayotganini bildirish bilan cheklandi.

Pompeo Rossiyani qurol nazorati bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotganini aytib, Moskvaga kelishuv shartlariga amal qilishni boshlash uchun 60 kun berilishini, buning ortidan AQSh ham unga rioya qilishni to‘xtatishini aytdi.

- 60 kun davomida hech qanday tizim ishlab chiqmaymiz yoki sinovdan o‘tkazmaymiz. Bu 60 kun davomida nima sodir bo‘lishini kuzatamiz. Rossiyaliklar bilan xo‘p suhbatlashdik. Yo‘nalishlarini o‘zgartirishlariga umid qilyapmiz, ammo ular hanuz bunday qilish niyatida ekanliklarini bildirganlari yo‘q.​ - dedi Pompeo.

Uning aytishicha, Rossiya yuqorida tilga olingan tizimlarni ko‘plab ishlab chiqargan va ular Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi.

NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kuni kecha e’lon qilgan qo‘shma bayonotda Rossiya O‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha bitimga zid bo‘lgan va «Yevro-Atlantika xavfsizligiga katta tahdid soluvchi 9M729 tizimlarini ishlab chiqqani» aytiladi.

Alyansga a’zo 29 davlat vazirlari Moskvani kelishuv shartlarini bajarishga chorlab, uni saqlab qolish «Rossiya qo‘lida ekanligini» ta’kidlashdi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian 1987 yilda erishilgan shartnoma o‘z kuchini yo‘qotsa, Moskva javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishi kerak bo‘lishini aytdi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Moskvaga shartnomaga amal qilishni boshlash uchun oxirgi imkoniyat berilgan bo‘lishiga qaramasdan, «shartnomasiz dunyoga tayyorlashni boshlash kerakligini» ta’kidladi.

- Bu kelishuv qurollarni nazorat qilishni ko‘zlovchi eng yaxshi shartnomalardan biri edi. Shunday ekan, uning barbod bo‘lishi katta yo‘qotish bo‘ladi.

Rossiya Dumasining quyi palatasi mudofaa qo‘mitasi yetakchisi Vladimir Shamanov Moskva G‘arbning «yolg‘on ayblovlariga» javob qaytarmasligini ta’kidladi.

- Rossiya ultimatum beriladigan davlatlardan emas. Rossiyaning ham AQSh uchun savollari bor, hali javob ololmagan savollari bor.

Moskva AQShning Yevropadagi raketalardan himoya qilish tizimining ayrim elementlari ham yadroviy shartnomaga zid ekanligini iddao qilib keladi.

XS
SM
MD
LG