Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:40

Huawei kompaniyasi asoschisining qizi AQSh so‘rovi bilan Kanadada hibsga olindi


Meng Wanzhou Huawei korporatsiyasining moliyaviy direktori lavozimida ishlaydi.
Meng Wanzhou Huawei korporatsiyasining moliyaviy direktori lavozimida ishlaydi.

Huawei asoschisining qizi, Xitoydagi eng yirik texnologiya kompaniyasining moliviy direktori Kanadada hibsga olindi va uning AQShga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda. Bu voqea AQSh bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi saqlanib qolayotgan bir vaziyatda global fond bozoridagi asabiylikni yanada kuchaytirdi.

Huawei Technologies Co Ltd kompaniyasining bosh moliyachisi, 46 yashar Meng Vanjouning hibsga olinishi AQSh bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo urushini 90 kun to‘xtatib turish to‘g‘irsida shanba kuni erishilgan kelishuvni xavf ostiga qo‘yadi. Meng Vanjou ikki davlat prezidenti shunday kelishuvga erishgan kuni hibsga olingan.

Uning hibsga olinganini Kanada hokimiyat idoralari chorshanba kuni oshkor qildi. Bu ishdan xabardor mulozimning aytishicha, hibsga olish AQSh sanksiyalari bilan bog‘liq.

G‘arb matbuotining bildirishicha¸ AQSh huquq tizimlari dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya jihozlari ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi ustidan tergov olib borib bormoqda. Kompaniya 2016 yili AQShda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ushbu mamlakatning eksport va sanktsiyaga oid qonunlariga zid ravishda Eronga yetkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

O‘tgan yili 93 millard dollar daromad olgan Huawei kompaniyasi rahbarlaridan birining hibsga olinganini tasdiqdovchi bayonot berdi.

Xitoy tomoni AQSh Huawei kompaniyasi rahbarlaridan birining hibsga olingani sababini oshkor qilmayotganini aytdi.

Xitoy Fanlar akademiyasining Xitoy-AQSh munosabatlari bo‘yicha eksperti Lu Siang Mengning qamoqqa olinishini “esankiratuvchi holat” deb atadi.

Xitoyning Tvitterga o‘xshash Veybo platformasining bir foydalanuvchisi xitoyliklarni AQShning Apple Ins kompaniyasi tovarlarini boykot qilib, Huawei masulotlarini xarid qilishga chaqirdi.

Kaliforniyadagi Chapmen universiteti professori Jia Venshan Mengning hibsga olinishini “AQSh-Xitoy savdo muzokaralariga putur etkazishi mumkin”, deb aytdi.

Mengning hibsga olinishiga ayrim Vashington siyosatchilari zudlik bilan munosabat bildirdi.

Senator Ber Sasse bu ishni maqtab, “Huawei asoschisi qizining ushlanishini kompaniya AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini buzgani uchun qilinganini” bildirdi.

Senator¸ “aksariyat hollarda Xitoy shirkatlarining bunday hatti-harakatlari ortida davlat turishini” qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG