Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2025, Тошкент вақти: 07:51

Den Syaopin islohotlarining 40 yilligi kunida Si Xitoyni ochiqroq bo‘lishga chaqirdi


Xitoy raisi Si Szinpin 2018 yil 18 dekabrda Xitoyda islohot boshlanganining 40 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zlamoqda. Pekin shahridagi Buyuk xalq saroyi.
Xitoy raisi Si Szinpin 2018 yil 18 dekabrda Xitoyda islohot boshlanganining 40 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zlamoqda. Pekin shahridagi Buyuk xalq saroyi.

Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin seshanba kuni mamlakat aholisini rasmiy Pekin talab qilayotgan islohotlarni og‘ishmay amalga oshirishga da’vat qildi. Ammo u islohot boshlanganiga 40 yil to‘lganiga bag‘ishlangan nutqida hech bir yangi chorani taklif etmadi.

Si qariyb bir yarim soat davom etgan ma’ruzasida davlat iqtisodiyotini va xususiy sektor rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Yana u Xitoyni dunyoga yanada ochiq qilish borasidagi sa’y-harakatlarini kuchaytirishni va ulkan islohotlar ijrosini ta’minlashini aytdi.

Xitoy tobora o‘sib borayotgan davlat sektorini qo‘llab-quvvatlayotgani Qo‘shma Shtatlar bilan bahslariga sabab bo‘lmoqda.

Si Xitoyning marhum rahbari Den Syaopin “islohot va ochilish” kampaniyasi boshlaganining 40 yilligini nishonlayotgan kuni ma’ruza qildi. Ma’lumki, o‘sha kampaniya natijasida Xitoy sanoati keskin rivojlanib, iqtisodiyoti dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Si jamiyat hayotining barcha sohalarida kommunistik partiya etakchilik qilishi kerakligini yana bir karra ta’kidladi. Uning fikricha, islohotlar Xitoyga xos sotsialistik tizimni takomillashtirishday umumiy maqsadga xizmat qilishi kerak.

− Ochilish taraqqiyotga, yopiqlik esa qoloqlikka eltadi, − dedi Si.

Sining ma’ruzasi investorlarni ilhomlantira olmadi. Xitoy qimmatbaho qog‘ozlari indeksi 1 foizdan oshiq tushib ketdi. Buning ortidan Osiyoning boshqa qimmatli qog‘ozlar bozorida ham pasayish kuzatildi.

Savdo urushi ayrim xitoylik tadbirkorlar, hukumat maslahatchilari va tahlil markazlarini islohotlarni jadallashtirish, davlat nazorati ostida siqilib qolgan va jon-jahdi bilan kredit olishga intilayotgan xususiy sektorga erkinlik berish da’vati bilan chiqishga undadi.

Si, Xitoyning o‘zi qarorlar qabul qilishi kerak, deb aytdi.

Si bilan AQSh prezidenti Donald Tramp joriy oy boshida savdo bahsini 90 kun to‘xtatib turishga kelishib olgan edi. Aks holda ikkala tomon muzokara qilayotgan paytda jazo tariflari qo‘llanib, vaziyat keskinlashishi mumkin edi.

Si ma’ruzasida Xitoy rejali iqtisodiyotdan voz kechgandan so‘ng erishgan muvaffaqiyatlarni bir-bir sanab o‘tdi. Rejali iqtisodiyot davrida asosiy tovarlar normalangan va ko‘pincha taqchillik mavjud edi.

Alibaba, Tencent Holdings i Baidu onlayn kompaniyalari, shuningdek, avtmobillar ishlab chiqaruvchi Geely Automobile Holdings kompaniyasi rahbarlari mamlakat iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shgan arboblar sifatida tilga olindi. Bu xususiy sektor rivojlanayotganidan darak beradi.

Ekspertlarga ko‘ra, Si davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirishni istamaydi. Shu sababli yuzaga kelgan savdo urushining mamlakat iqtisodiyotiga keltirgan zarari sezilarli bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG