Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:41

Qozog‘istonlik model: Harir ko‘ylakda chiqqanim uchun yigitim kaltakladi


Dinagul Tasova
Dinagul Tasova

Qozog‘istonlik model Dinagul Tasova modalar namoyishida harir ko‘ylakda chiqqani uchun yigiti kaltaklagani to‘g‘risida Instagramdagi sahifasida yozdi.

Qizning so‘zlariga qaraganda, uni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik ahloqsizlikda ayblagan va bu ayblovlar yigitining g‘azabini qo‘zg‘agan.

Shundan keyin u qizni kaltaklagan, kompyuter va telefonini tortib olgan, hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni o‘chirib tashlagan.

Kaltaklanganidan so‘ng model o‘zining jarohatlangan qiyofasi aks etgan suratlarni Instagramga joylashtirdi va yuz bergan hodisa yuzasidan «jim turmasligini» ta’kidladi.

Tasovaning aytishicha, qozog‘istonlik dizayner Dana Duysenbaeva tomonidan tikilgan liboslar namoyishi 30 noyabr kuni Astana Fashion Night modalar haftaligida bo‘lib o‘tgan.

Uning jurnalistlarga aytishicha, "namoyishdan so‘ng salbiy fikrlar bildirilmagan, hamma iliq kutib oldi, qarsaklar chalishdi, birga suratga tushishdi". Instagramda qizning yozishicha, namoyishdan so‘ng ko‘plab ayollar u bilan suratga tushgan va uni qo‘llab-quvvatlashlarini aytishgan.

"Namoyish aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda va axborot portallarida paydo bo‘ldi, shundan so‘ng muhokamalar boshlandi. Kimdir chiroyli libosni, kimdir yalang‘och badanni ko‘rdi va hamma mening obrazimni muhokama qila boshladi. Men bizda (Qozog‘istonda) odamlar modaga shunday munosabatda bo‘lishlarini bilmagan edim", –degan model.

Uning aytishicha, o‘zining sha’niga bildirilgan izohlar yigitining joniga tegib ketgan va u «go‘yoki men sahnada libosni emas, ochiq ko‘kraklarni namoyish qilganimni» aytdi. Tasovaning so‘zlariga qaraganda, 8 dekabr kuni yigiti uni kaltaklagan va haqorat qilgan, telefon va noutbukini tortib olgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni o‘chirib tashlagan.

"Hodisadan o‘n kun o‘tib, o‘zimni qo‘lga olishga qaror qildim, jarohatlarimni suratga olib, ayollarga qo‘l ko‘tarib bo‘lmasligini odamlarga ko‘rsatib qo‘yishga axd qildim. Men unga nima ish qilib qo‘yganini ko‘rsatmoqchiman. Men karaxt holdaman, chunki unga ishonardim, biz besh yildan beri birga edik. Men namoyishdan so‘ng undan qandaydir qo‘llab-quvvatlashini kutgan edim, chunki juda ko‘plab muhokamalar va salbiy fikrlar bildirilgan edi. Uning so‘z bilan bo‘lsada meni qo‘llab-quvvatlashini kutgan edim. Ammo u meni kaltakladi. Bunday bo‘lishini kutmagan edim"- deydi Tasova.

Aytishicha, u politsiyaga murojaat qilmagan, chunki u yigiti bilan birga yashaydiyu lekin rasman er-xotin emas.

Biroq model yigitining harakatlarini hamma bilishini istamoqda:

"Men jarohat olgan holda tushgan suratlarimni e’lon qildim. Mayli u bularni ko‘rsin, mayli xalq muhokama qilsin, mayli xalq xulosa chiqarsin. Bundan keyin u bilan adi-badi aytishib o‘tirmoqchi emasman, u bilan uchrashish niyatim ham yo‘q. Uni ko‘rishni ham istamayman", – deydi Tasova. – Biroq jamiyat muhokama qilishini istayman".

Tasova Ostona Yoshlar Maslahatining faoli sifatida bundan keyin Qozog‘istondagi oilaviy zo‘ravonliklar mavzusi bilan shug‘ullanishini aytdi. U so‘zlariga qo‘shimcha qilar ekan, eri va qarindoshlari tomonidan kaltaklangan, ammo qaerga murojaat qilishni bilmayotgan ayollardan maktub olayotganini aytdi.

XS
SM
MD
LG