Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:45

Toshkentlik qizaloq Qorbobodan ukasiga pampers, onasiga mantiqasqon, o‘ziga ko‘ylak so‘radi


Madinabonu ukasi Samir bilan.
Madinabonu ukasi Samir bilan.

Toshkentlik 4 sinf o‘quvchisi, 9 yashar Madinabonu Rustamovaning Qorboboga yozgan maktubi Yangi yil arafasida ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida zavq bilan ko‘rildi.

Toshkentdagi 284- maktabning rus sinfida o‘qiydigan qizaloq o‘zbek tilida¸ ammo kirill yozuvida yozgan maktubida Qorbobodan adasi¸ buvisi, onasi va ukalariga sovg‘a so‘raydi.

Qorboboga yozilgan maktub
Qorboboga yozilgan maktub

Ozodlik Yangi yil bayrami arafasida qizchaning o‘zi bilan suhbatlashdi.

Madinabonu Qorboboga yozgan maktubi mazmunini Ozodlikka aytib berdi:

- Men Qorboboga maktub yozib adam bilan bervordim pochtaga tashlang deb. Qorbobo adajonimning tuflisiga qora krem sovg‘a qilsin. Ayajonimga esa manti qasqon. Qo‘shnimiz manti qasqonimizni qaytib bermayaptide. Qancha so‘rasak ham. Samir ukamga papka. Chunki papkasining rangi menga yoqmaydi. Kichkina ukam Mustafoga esa bir pachka pampers. Ikki pachka bo‘lsayam maylin. Ayajonimning onalari buvijonimga davlenieni tushiradigan dori bervorsin Qorbobo.

Madinabonu, Qorbobo tushunmay qolmasin uchun, har ehtimolga qarshi, o‘z iltimosini rus tilida ham takrorladi. U o‘zi uchun Qorbobo ko‘ylak sovg‘a qilishini istaydi:

- Bayramda kiyadigan chiroyli ko‘​ylak xohlayman. Lekin ko‘​ylak qo‘shnining qizi Potimanikidan chiroyli bo‘lsin.

Madinabonu o‘tgan yil ham Qorboboga maktub yozganida¸ Qorbobo uning tilagini bajo keltirib, rolikli konki sovg‘a qilganini esladi.

Madinabonu Rustamova
Madinabonu Rustamova

She’r o‘qishni va badiiy gimnastika bilan shug‘ullanishni sevadigan qiz Yangi yil kelishini sabrsizlik bilan kutayotganligini aytdi.

Қорбобога хат ëзган қиз
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:49 0:00

Madinabonuning ukasi Samir opasining tilagi yozilgan maktubni o‘qigan Qorbobo unga yangi papka sovg‘a yuborishini intizorlik bilan kutmoqda:

- Papkamning rangi ko‘k¸ menga esa qora papka yoqadi. Kechqurun qorbobo xaltasiga solib obkelarkan papkani.

Samirning Ozodlikka aytishicha, unga papka bo‘lsa - bas, boshqa narsa kerakmas:

- Faqat papka bo‘lsa yetadi. Rangi qora bo‘lsin. Ichiga konfetlar solmasayam mayli.

Samir va opasi
Samir va opasi

​Qorboboga maktub yozgan qizaloqning otasi, 34 yashar Ali Abdusattorov Toshkentdagi davlat idoralaridan birida ishlaydi. U qizi yozgan maktubni tarmoqqa qo‘ygani ortidan bunchalik tarqalib ketishini kutmaganligini aytarkan, dedi:

- Men ishdan kelsam¸ "adajon, mana bu xatni Qorboboga pochtadan jo‘natvoring", dedi. Har yili bollarim Qorboboga xat yozadi. O‘zim o‘qib ko‘rdim. Qorbobo yo‘qku endi?! Tilaklarni bajarish meni zimmamdagi narsa. Bu safargi tilak quvnoq chiqqani uchun Facebookdagi do‘stlarim bilan baham ko‘rdim. Maktub qisqa muddatda yashin tezligida tarqalib ketibdi.

Ali aka qiz Madinabonu bilan
Ali aka qiz Madinabonu bilan

​Toshkentlik qizning maktubi tarmoqda "qo‘lma-qo‘l" bo‘lar ekan “kimdir hazillashib bolaning nomidan yozibdi”¸ “o‘zbek o‘quvchisi kirillda yozmaydi”, deganlar ham bo‘ldi.

Bunga javoban uch farzand otasi Ali Abdusattorov qizining rus sinfida o‘qishini ta’kidlaydi:

- Qizim rus sinfida o‘qiydi. Shunga kirillda yozadi. Yurakdan chiqarib yozgan. Endi amalga oshirib beramiz tilagini. Qorbobo yollab to‘rvasiga solib qo‘yamiz sovg‘alarni. (kuladi) Qo‘shnidan manti qasqonni qaytarib olamiz endi. O‘zi voz kechib yuboraylik deb turuvdik qasqondan...

Bolalar qorbobodan sovg‘a kutmoqda
Bolalar qorbobodan sovg‘a kutmoqda

XS
SM
MD
LG