Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:17

Xorijga chiqish pasportini olish uchun to‘lanadigan pul miqdori aniq bo‘ldi


O‘zbekistonning amaldagi biometrik pasporti
O‘zbekistonning amaldagi biometrik pasporti

Xorijga chiqish pasportini olish uchun fuqaro eng kam ish haqining 120 foizi (243 276 so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi.

Ayni paytda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar xorijga chiqish pasportini olish uchun eng kam ish haqining 80 foizi (162 184 so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 100 foizini tashkil qiladi (202 730 so‘m).

Telegram kanalida xabar qilgan Adliya vazirligiga ko‘ra, bu me’yorlar «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorda belgilab qo‘yilgan.

Adliya vazirligining eslatishicha, yangi pasport to‘q qizil rangda va 48ta sahifadan iborat bo‘ladi, uni olish uchun fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishi, ish joyi, o‘qish joyi yoki mahalliy boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadigan anketa-arizani topshirishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi fotosurat, pasport nusxasi, harbiy bo‘limdan ma’lumotnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun) ham taqdim qilinadi.

O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish huquqini beruvchi OVIR stikeri berish to‘xtatilajagi to‘g‘risida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Usmonov mahalliy jurnalistlarga joriy oy boshida ma’lum qilgan edi.

O‘shanda IIV mulozimi prezident farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvaridan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti berish boshlanishini aytgan.

Xorijga chiqish pasporti voyaga yetgan fuqarolarga 10 yillik muddatga beriladi.

Prezident farmonida pasportlar 10 ish kunida rasmiylashtirilishi va xizmatlar elektronlashtirilishi belgilab qo‘yilgan.

"Fuqarolar o‘zlarining amaldagi biometrik pasportlari bilan 2021 yil 1 yanvargacha OVIR-stiker talab qilinmaydigan mamlakatlarga chiqa olishadi. Ilgari rasmiylashtirilgan stiker muddati o‘tmagan bo‘lsa, shu davr ichida o‘sha pasport egasi OVIR talab qilinadigan xorijiy davlatlarga ham chiqishi mumkin bo‘ladi", - degan Bahodir Usmonov.

XS
SM
MD
LG