Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:19

100 ming so‘mlik pulni bosish boshlandi. Uning Navro‘zda muomalaga kiritilishi kutilmoqda


Karimov davrida o‘zbekistonliklar 100 AQSh dollariga almashtirish uchun qariyb yarim kilolik so‘m qopini ko‘tarib yurishga majbur bo‘lgan edi.
Karimov davrida o‘zbekistonliklar 100 AQSh dollariga almashtirish uchun qariyb yarim kilolik so‘m qopini ko‘tarib yurishga majbur bo‘lgan edi.

O‘zbekiston pul siyosatiga bevosita aloqador mulozimlarning Ozodlikka bildirishicha¸ 2018 yilning 28 dekabrida prezident Shavkat Mirziyoev 100 ming so‘mlik yangi banknot bosib chiqarish to‘g‘risida topshiriq berdi, tegishli farmonni imzoladi.

Moliya tizimi boshqaruviga yaqin mulozim¸ Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan shunday taklif ishlab chiqilib¸ uning o‘tgan oy Senatga taqdim etilganini bildirdi.

Prezident farmoni ijrosiga aloqador rasmiyning aytishicha¸ 100 ming so‘mlik yangi banknotning Navro‘z arafasida muomalaga kiritilishi kutilmoqda.

“100 ming so‘mlik banknotni bosish boshlandi”

Bu haqda Ozodlikka jarayonga bevosita aloqador davlat mulozimi ma’lum qildi. Bu yangilikni ochiqlashga vakolati yo‘qligi bois shaxsi sir tutilishini so‘ragan mulozim¸ yangi banknotlarning 0000001 raqamli seriyasi bosib chiqarilgan. Pul bosuvchi dastgohdan endigina chiqqan bu yangi pullar hukumat rahbarlariga taqdim etiladi.

“Prezident Oliy Majlisga murojaat qilgan kuni (28 dekabr – tahr.) 100 ming so‘mlik pul chiqarish haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘ydilar. Shundan keyin srazu stanok ishga tushdi”¸ dedi jarayonga aloqador mulozim.

(Ozodlik hozircha yangi 100 ming so‘mlik banknotlar suratini ko‘rgani yo‘q.)

O‘zbekiston Moliya tizimida ishlovchi boshqa bir mulozim¸ 100 ming so‘mlik yangi kupyuralarni bosib chiqarish taklifi va uning dizayni Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Oliy Majlis Senatiga taqdim etilganini tasdiqladi.

2018 yil 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi ish boshlagan va unda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala muhokama qilingan edi.

Ozodlik suhbatdoshlariga ko‘ra¸ 100 ming so‘mlik kupyura chiqarish taklifi ana shu majlis doirasida qabul qilinib¸ so‘ngra prezidentga taqdim etilgan.

Oliy Majlis Senatining Ozodlik bog‘langan rasmiylari bu xabarni tasdiqlash yoki inkor etish vakolatiga ega emasliklarini bildirdilar.

“100 ming so‘mlikdan so‘ng¸ denominatsiya bo‘ladi”

Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston pul siyosatiga aloqador mulozim¸ 100 ming so‘mlik kupyuradan so‘ng boshqa katta pul chiqmasligi¸ so‘m denominatsiya qilinishini bildirdi.

“100 ming so‘mlik kupyura O‘zbekistonda bosib chiqarilayotgan 16- pul bo‘ladi – 17-si bo‘lmaydi. Undan keyin pul almashadi. Ikkita nol olib tashlanib¸ eng katta banknot 1000 so‘mlik bo‘ladi”¸- dedi jarayonga aloqador Toshkent mulozimi.

O‘zbekistonda 50 ming so‘mlik banknotlar 2017 yilning 22 avgustidan muomalaga chiqarilgan edi. Milliy pul birligining eng katta kupyurasi qadri AQSh dollariga nisbatan 2019 yilning 10 yanvaridagi rasmiy kursga binoan¸ 6 dollarni tashkil etadi.

100 ming so‘mlik (taqriban 12 dollar – tahr.) kupyuraning muomalaga kiritilishi¸ bank-moliya tizimi mutaxassisi fikricha¸ “odamlarning vaqtini¸ qolaversa¸ qog‘oz va bo‘yoqni tejashga xizmat qiladi.

50 ming so‘mlikning muomalaga kiritilishi haqida bergan rasmiy xabarida Markaziy bank “o‘rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lashda, shuningdek, naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgani”ni ta’kidlagan edi.

Ayni paytda¸ Markaziy bank “muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi”¸ deya baënot bergan edi.

Ozodlik gaplashgan mutaxassislar¸ bu bayonotni 100 ming so‘mlik kupyuralar chiqarilishiga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini bildirdilar.

XS
SM
MD
LG