Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:45

Chernogoriyada qurollar savdosini fosh qilgan jurnalist 1,5 yilga qamaldi


 Jurnalist Yovo Martinovich
Jurnalist Yovo Martinovich

Chernogoriya poytaxti Podgoritsa shahar sudi jurnalistik surishtiruvlari bilan tanilgan jurnalist Yovo Martinovichni 1,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

Sud Martinovichni giyohvand moddalarni tashish hamda jinoiy to‘dalarga a’zo bo‘lishda aybdor deb topdi.

Mamlakatdagi jinoyatchilik haqidagi materiallarini ham xorijiy, ham mahalliy nashrlarda yoritib kelgan Martinovich o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, jurnalistik faoliyati uchun rasmiylar undan o‘ch olayotganiga ishonishini aytdi.

Qarorgohi Parijda joylashgan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti Martinovichga chiqarilgan sud hukmini “Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagini izhor qilib kelayotgan mamlakatda matbuot erkinligi sohasida ortga tashlangan xavotirli qadam” deya qoraladi. Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi esa sud hukmini Chernogoriya matbuot erkinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi “ayanchli adolatsizlik” deya tanqid qildi.

Martinovich 2015 yilning oktabrida qo‘lga olingan paytida fransuz telekanali uchun Bolqon davlatlaridagi noqonuniy qurol-aslaha savdosi haqida material tayyorlayotgan bo‘lgan. Buning ortidan uni 15 oy qamoqda ushlab turib, keyin shartli ravishda qo‘yib yuborishgan edi.

Jurnalist o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, muxbirlik faoliyati davomida jinoiy to‘dalar bilan faqat professional jurnalist sifatida aloqaga chiqqanini aytib keladi.

Sud hukmi o‘qib eshittirilishi ortidan Martinovich:

- Jurnalist bo‘lganim uchun aybdor deb topildim, - dedi.

“Chegara bilmas muxbirlar” sudning “o‘ta adolatsiz” qarorini qoralar ekan, Martinovich faqat va faqat jurnalistik surishtiruvlari tufayli jinoiy to‘dalar bilan aloqaga chiqqanini ko‘rsatuvchi yetarlicha dalillar borligini ta’kidladi.

Tashkilot bildiruvida sudning “oshig‘ich qattiqqo‘l” hukmi mamlakatda matbuot erkinligiga bo‘lgan hurmat pastlab borayotganining yaqqol tasdig‘i ekanligi aytiladi.

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkilotlarni hamda g‘arb davlatlari hukumatlarini ushbu holat bo‘yicha chora ko‘rishga chorladi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori Gulnoza Said Chernogoriya rasmiylarini Martinovich shikoyatini shubha ostiga olmay, ushbu nohaqlikni to‘g‘rilashga chorladi.

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir ham sud qarori xavotirli ekanligini aytdi.

2025 yilgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga umid bog‘lagan Chernogoriyani ittifoq uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga hamda matbuot erkinligini ta’minlashga chorlab, mamlakatga bosim o‘tkazib keladi.

May oyida Yevropa Ittifoqi mamlakat jurnalistlar himoyasi hamda matbuot erkinligini ta’minlash uchun yetarlicha chora ko‘rmasa, ittifoqqa a’zo bo‘lishi mushkul bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Bunday ogohlantirishga surishtiruv jurnalisti Olivera Lakich Podgoritsada noma’lum shaxs tomonidan otib yaralangani sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG