Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 00:45

OzodDayjest: Qarshida dugonasini behayo video tarqatish bilan shantaj qilgan ayol jazolandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Oilali ayoldan xiyonati aks etgan video uchun 8 million so‘m talab qilindi. Buxoroda homilador ayolni farzand ko‘rish qobiliyatidan mahrum qilgan ginekolog jazoga tortildi. Gazetadan tovon puli talab qilgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi sudda yutqazdi.

_____________________________________________________________

Homilador ayolni farzand ko‘rish qobiliyatidan mahrum qilgan shifokor mahkamaga tortildi

Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi Naima Boymurodova homilador ayolni farzand ko‘rish qobiliyatidan mahrum etgani va uning hayotiga xavf tug‘dirgani sabab mahkamaga tortildi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. 2018 yil 6 oktabr kuni fuqaro M.K. 17-18 haftalik homilasini oldirish maqsadida tug‘ruq bo‘limiga keladi. Akusher-ginekolog N. Boymurodova esa homilani tushirish vaqtida taktik xatoga yo‘l qo‘yadi. Natijada bemor ayolning hayoti xavf ostida qolgan va u farzand ko‘rish qobiliyatidan ham mahrum bo‘lgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tumani sudi raisi B. Jabborovga ko‘ra, shifokor N. Boymurodovaga nisbatan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, sudlanuvchi, shuningdek, shuncha muddat shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan.

Qarshilik ayol dugonasini behayo videosini tarqatish bilan qo‘rqitib shantaj qildi

Qarshida tuban jinoyat sodir etildi: xola jiyanini dugonasiga qo‘shdi, jiyan esa ayol bilan bo‘lgan shahvat sahnasini telefoniga muhrladi (“Huquq”, 17 yanvar). Ismi oshkor etilmagan ayol jiyanining telefonidan u videoni o‘z telefoniga o‘tkazib oladi. So‘ng dugonasini shantaj qiladi: agar 8 million so‘m bermasa, shahvat sahnasi aks etgan videoni tarqatib yuborish bilan tahdid qiladi. Qayd etilishicha, uch farzandli ayol eriga xiyonati aks etgan video tarqalib ketsa, sharmanda bo‘lishidan qo‘rqib, talab qilingan pulning bir qismini olib kelib bergan. Shantajchilar so‘ragan pulning qolgan qismini topolmagach, ular ustidan huquq idoralariga arz qilgan. Tovlamachilar jazoga tortilgan. Jabrlanuvchi sifatida o‘zini bechorahol ko‘rsatib turgan ayolning o‘z oilasiga qilgan xiyonatini oqlab bo‘lmaydi, deb yozadi gazeta. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Gazetadan 100 million so‘m tovon talab qilgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi sudda yutqazdi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tanqidiy maqolalari uchun “Andijonnoma” gazetasini sudga berdi (Xabar.uz, 16 noyabr). Qayd etilishicha, 2018 yili gazetada “Har bahorda shu bo‘lar takror...”, “Egar qayda, uzangi-chi?” nomli ikki maqola chop etilgan. Ularda pilla yetishtirishdagi kamchiliklar, bu sohani rivojlantirishdagi shoshmashosharlik natijasida bir qator tumanlardagi fermerlarning sho‘riga sho‘rva to‘kilayotgani ta’kidlangan. “Andijan Silk. Co” qo‘shma korxonasi oldiga qator savollar qo‘yilgan. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi “Andijan Silk. Co” qo‘shma korxonasi manfaatini ko‘zlagan holda “Andijonnoma” gazetasini go‘yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatgani uchun cudga bergan va tahririyatdan 100 million so‘m tovon puli talab qilgan. Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi mazkur da’voni ko‘rib chiqib, da’voni rad etgan. “Da’voning rad etilishi gazetada bosilgan tanqidiy maqolalar to‘g‘ri ekanini anglatishi barobarida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar mavjud muammolarni xaspo‘shlayvermay ularga yovuqroq qarab, zimmasidagi mas’uliyatni sifatli ado etishi kerakliginiyam bildiradi”, deb yozadi elektron nashr.

XS
SM
MD
LG