Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:12

OzodDayjest: Xalq ta’lim vaziri matbuot nashrlarini jilovlab olishga urinmoqda


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Gemodializ uskunasi buzilishi oqibatida ikki bemor vafot etdi. Xalq ta’limi vaziri ta’limga oid nashrlarni jilovlashga uringanlikda ayblanmoqda. Pensionerlar majburiy lotereya sotish davom etayotganidan shikoyat qilayapti. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

_____________________________________________________________

Xalq ta’lim vaziri ta’lim nashrlarini “kolxozlashtirish”da ayblanayapti

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov sohadagi muammolarni tanqid qiluvchi jurnalistlardan ko‘ra, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, aytgan gaplarini qo‘llab-quvvatlovchi haybarakallachilarni afzal ko‘rmoqda (“XXI asr”, 17 yanvar). Qayd etilishicha, vazir internetda e’lon qilingan salbiy xabarlar va tanqidni bartaraf etishning hadisini olgan. Endi esa u ta’limga oid nashrlarni bitta qo‘lda jamlash va jilovlashga urinmoqda. Ayni paytda regulation.gov.uz saytida muhokamaga qo‘yilgan “Xalq ta’limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Qaror loyihasida ta’lim yo‘nalishidagi o‘nlab gazeta-jurnallar vazirlik nazoratida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu esa matbuot nashrlarining erki bo‘g‘iladi, degan xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Xalq ta’limi vazirligining bu boradagi urinishlari “ta’lim nashrlarini kolxozlashtirish”, deb atalgan.

Gemodializ uskunasi buzilishi oqibatida ikki bemor olamdan o‘tdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limida gemodializ tibbiy jihozi buzilib qolgani og‘ir oqibatlarga olib keldi (“Darakchi”, 17 yanvar). Uskuna buzilishi oqibatida ikki bemor vafot etgan, yana boshqa kasallarning ahvoli og‘irlashmoqda. Uskuna ishdan chiqqani bois viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida katta navbatlar yuzaga kelgan. Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov gemodializ asboblari eskirganini tan olgan. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha buyragini gemodializ seanslari asosida davolatayotgan 2800 dan ortiq bemor bor. 2019 yil oxirida ular soni 3500 taga yetishi kutilmoqda. Vazir o‘rinbosarining aytishicha, muolajalarni o‘tkazish uchun gemodializ o‘rinlari yetishmaydi.

Pensionerlar majburiy lotereya sotish davom etayotganidan arz qilishdi

Pensiya tarqatishda ish yaxshi tashkil etilmagani sabab nogiron, bemor va keksalarning soatlab navbatda turishi, erkagu ayol o‘zaro janjallashib ketishi holatlari ro‘y bermoqda (“Oila davrasida”, 17 yanvar). Bir necha yildan buyon joylarda pensiya tarqatish “Xalq banki” tomonidan amalga oshirilayotir. Ammo bankning bu boradagi faoliyati ko‘pchilikni qoniqtirmayapti. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Yangiyo‘l ko‘chasida yashovchi Rahimjon Homidovga ko‘ra, pensiyani yetkazib berish pochta tarmog‘i zimmasida bo‘lgan davrda bunday noxush holatlar kuzatilmagan. Qolaversa, “Xalq banki” tomonidan pensionerlarga turli nomdagi lotereyalarni majburiy ravishda sotish ham davom etayotir.

XS
SM
MD
LG