Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 18:31

Konstitutsiyada umummilliy bo‘lgan yerni prezident farmoni bilan xususiy qilib bo‘ladimi?


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 10 yanvarida "Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatga muvofiq, tez orada jismoniy shaxslarga uy-joy uchun ajratilgan yer uchastkasini "hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorda pullik asosda" xususiylashtirib olishi uchun ruxsat beriladi.

14 yanvar kuni Berlindagi nemis-o‘zbek biznes forumida so‘zga chiqaan Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov bu farmonni “inqilobiy” deb atadi.

Ayni paytda O‘zbekiston Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq yer umummilliydir, boshqacha aytganda, davlat mulkidir. Ozodlikning Qurultoy eshittirish qatnashchilari “bu huquqiy nomutanosoblik jiddiy va zarur farmonga soya soldi” deyishdi.

Конституцияда давлатники бўлган ерни президент фармони билан хусусий қилиб бўладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:31:37 0:00
Бевосита линк

"Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi deb nomlangan farmonga muvofiq, jismoniy shaxslarga uy-joy uchun ajratilgan yer uchastkasini "hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorda pullik asosda" xususiylashtirib olishi uchun ruxsat beriladi.

Qurultoy dasturi uchun izoh bergan Adliya vazirligi xodimiga ko‘ra, 2019 yilning 1 iyulidan O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkasini xususiylashtirish boshlanadi.

Ayni paytda Adliya vazirligi mulozimi ushbu farmonning konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan ziddiyatini izohlay olmadi.

Yer davlatniki!

"Yer – strategik zaxira va davlatga tegishli bo‘lishi kerak." Ushbu fikr O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgan 1924 yildan beri hukmronlik qilib keladi. 1991 yil O‘zbekiston mustaqil bo‘lib mulkiy munosabatlarning bozor iqtisodiyoti shakliga o‘tganidan keyin ham yer davlat mulki bo‘lib qolaverdi.

Konstitutsiyaning 55-moddasida aytilishicha: yer hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Fuqarolik kodeksining 214-moddasi, «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq yer respublika mulkiga kiradi.

Ammo 1991 yildan keyin istisnoli tarzda diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar binosi joylashgan yerlarning xususiyligi e’tirof qilindi.

Xususiylashtirishga besamar urinishlar

2006 yilda yerni xususiylashtirishga urinib ko‘rildi. Marhum prezident Islom Karimov tarafidan 2006 yilning iyul oyida imzolangan «Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi PF–3780-son Farmoni amalga oshmasdan qolib ketdi.

Qurultoy eshittirishida qatnashgan fermer¸ huquqshunos va siyosiy tahlilchilar «Mirziyoev farmoni ham hayotga joriy bo‘lishi va legitimlik kasb qilishi uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi zarurligini» uqdirishdi.

XS
SM
MD
LG