Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:00

Ixtiyor Abdullaev DXX raisi lavozimidan ketdi


Ixtiyor Abdullaev DXX raisi lavozimiga 2018 ning 31 yanvarida tayinlangan edi
Ixtiyor Abdullaev DXX raisi lavozimiga 2018 ning 31 yanvarida tayinlangan edi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullaev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida bir qator mahalliy nashrlar, xususan, gazeta.uz hukumatdagi manbaga tayanib xabar qildi.

Aytilishicha, Abdullaev ishdan salomatligi tufayli ketgan.

O‘zA axborot agentligining xabar qilishicha, Ixtiyor Abdullaev keyingi bir yilda bo‘yin va umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

DXX raisi lavozimini sobiq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov egalladi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Abdusalom Azizov (1960 y. t.) 2017 yil sentabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi.

Ixtiyor Abdullaev 2018 yil 31 yanvar kuni DXXga rahbar bo‘ldi. 2015 yildan u O‘zbekiston bosh prokurori, 2009 yildan — prezidentning davlat maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

General-mayor Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlangunga qadar 2018 yil fevralidan Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini o‘z ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. 2015 yil dekabridan u IIBB rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG