Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 17:00

Hisobot: «O‘zbekiston havo yo‘llari» sovetcha boshqaruv ortidan qarzga botgan


O‘zbekiston havo yo‘llari samolyotlari.
O‘zbekiston havo yo‘llari samolyotlari.

Jahon Banki guruhi va Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonda milliy aviashirkat, aeroport va aviadispetcherlik xizmati bir tashkilotga birlashtirilgani havo transportining rivojlanishiga to‘sqinlik qilgani to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi.

Ҳисобот: «Ўзбекистон ҳаво йўллари» советча бошқарув ортидан қарзга ботган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

«O‘zbekistonda bozorlarni tashkil etish. Barqarorlikdan raqobatbardoshlikka qadar» deb nomlangan hisobotda ta’kidlanishicha, «O‘zbekiston havo yo‘llari» eski sovetcha boshqaruv uslubidan voz kechmagani mana shunday vaziyat yuzaga kelishiga omil bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 27 noyabrida «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Farmonga muvofiq «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviashirkati qayta tashkil etilib, uning negizida Uzbekistan Airways va aeroportlar ustidan boshqaruv o‘rnatuvchi Uzbekistan Airports kompaniyalari tuzildi. Yangi tashkil etilgan Transport vazirligi huzurida Fuqaro aviatsiyasi agentligi tashkil etildi.

Hisobot mualliflari ko‘rilgan choralarga qaramay, O‘zbekistonda havo transporti bilan shug‘ullangan davlat korxonasining qarzi jiddiy muammoga aylanib borayotganini qayd etishgan.

«Investitsiya va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalansa, «O‘zbekiston havo yo‘llari» ham rivojlanib boradi, ammo bu raqobat muhitida yuz beradi. Masalan, Emirates Airlines yo Singapoore Airlines ham davlat korxonasi hisoblanadi. Yaqin kunlarda MAK katta davlat qarzi bilan bog‘liq muammoga duch kelishi mumkin. Yangi samolyotlarni sotib olish, aeroport infratuzilmasini rivojlantirish kabi masalalar tufayli «O‘zbekiston havo yo‘llari» katta qarzga botgan va bu darhol hal etilishi kerak», — deyiladi hisobotda.

Ekspertlar O‘zbekiston havo transportining rivojlanishi boshqa davlatlardan ancha orqada qolayotganini bildirganlar.

Hisobotda aytilishicha, 2010 yildan buyon O‘zbekiston havo transporti sohasi yiliga 2 foizdan rivojlanmoqda. Ayni paytda qo‘shni mamlakatlar bo‘lgan Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich yiliga 16 foizni, Qozog‘istonda esa 10 foizni tashkil qiladi.

Hisobotda 2017 yili havo transporti orqali O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 million 800 ming kishi bo‘lgani bildirilgan.

Ayni paytda 3,5 million kishi yashaydigan Gruziyaga yiliga 3 million atrofida, 10 milliondan kam aholiga ega Iordaniyaga 10 millionga yaqin sayyoh havo yo‘llari orqali keladi.

Mualliflar buning sababini O‘zbekistonga parvoz qilish yo‘lovchilar uchun ham, aviashirkatlar uchun ham qimmatga tushayotgani bilan izohlaydilar.

«Toshkent xalqaro aeroporti xorijiy aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish va yo‘lovchi boj narxlari bo‘yicha dunyodagi eng qimmat aeroportlardan biri hisoblanadi. Milliy aviatashuvchi esa imtiyozlardan foydalanadi» , — deb ta’kidlanadi hisobotda.

XS
SM
MD
LG