Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:55

Sergelidagi Dream granit shirkati ishchilari 11 soatlab ishlatilmoqda


Granit sexi. Illyustrativ surat.
Granit sexi. Illyustrativ surat.

Toshkentdagi Dream granit shirkatining tosh kesuvchi ishchisi bir guruh ishchilar nomidan O‘zbekiston Mehnat kodeksida belgilangan 8 soat o‘rniga 11 soatlab ishlatilayotganidan Ozodlikka shikoyat qildi.

Dream granit shirkati vakili ishchilar belgilab qo‘yilgan vaqt me’yoridan ortiqcha ishlatilayotganini tan oldi.

Ozodlik suhbatlashgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mulozimi “O‘zbekiston hududida xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligini” ta’kidladi.

Ozodlikka shikoyat qilgan va ismi efirda aytilmasligini istagan Dream granit shirkati ishchisi kuniga 11 soatdan tik oyoqda turib nam va granit changida ishlayotganligini aytarkan, bunday dedi:

- 11 soat tik oyoqda turib granit kesaman. Ertalab soat 8 dan kechasi soat 19.00 gacha ishlaymiz. Kamiga kechasiyam ishlaysanlar deb ishga olib koladi. Kechasi ishlayotgan ishchilar turgan joyida uxlasa ularni rasmga olib oyligidan olib koladi. Qo‘riqlov ximati xodimlari tekshirib yuradi. Charchadik desak, "yoqmasa katta ko‘cha, mingtasi ishga kiraman deb turibdi.

Ozodlik suhbatlashgan Dream granit shirkati ishchisi “yomon sharoit bois kasalga yo‘liqqanini” aytib berdi:

- Granit kesganda doimiy suv quyib turiladi. Nam bo‘lib ketadi hammayoq. Nam granit changiga qo‘shilib o‘pkamga kiribdi. Shamollab yotib qoldim.

Yana bir ishchi esa granit changidan yuziga yara toshganidan shikoyat qildi:

- Granit va marmar changi yuzimni qoplab¸ qichishib yara toshib ketdi. Doktorga borsam kosmetologga yubordi. Yuzni granit changidan maxsus so‘rg‘ich bilan tozalar ekan. Bir seansiga ikki million so‘m so‘radi. O‘zi bu yerda oyligim bir million bir yuz ming.

Ishchilar shikoyati yuzasidan Ozodlik Dream granit shirkatining ma’muriyati bilan bog‘landi. Fabrika vakili “Hozir qurilishdan katta buyurtma kelgani uchun ko‘proq ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Yanagi oy izga tushib ketadi ”, - dedi.

Ishchilarni joriy qonunlarga zid tarzda 11 soatdan ishlatishga kim buyruq berdi, degan savolni fabrika vakili ochiq qoldirdi.

Ayni paytda mulozim ishchilarga xavfsizlik qoidalari bo‘yicha instruktaj o‘tkazilib, ular respirator bilan ta’minlanganii aytdi:

- Agar respiratorsiz ishlasa kasal bo‘ladi. Biz ishchilarni respirator bilan ta’minlaganmiz.

Qonunga zid

Ozodlik suhbatlashgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mulozimi “O‘zbekiston hududida xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emasligini” ta’kidladi:

- Mehnat Kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa, 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mulozimiga ko‘ra¸ Dream granit shirkati ishchilari kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagani bois, ularning huquqlarini himoya qilish imkoni cheklangan.

XS
SM
MD
LG