Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2019, Тошкент вақти: 17:26

Dang‘ara hokimligi Germaniyadan qoramol keltirgan ilg‘or chorvadorni sindirdi (VIDEO)


"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi rahbari Murodjon Mamadaliev

Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “To‘lqin Dang‘ara Ravnaqi” fermer xo‘jaligining 37,5 gektar yeri¸ "100 gektardan kam"¸ degan asosda boshqa fermerga qo‘shib berildi.

Fermer xo‘jaligi rahbari 69 yashar Murodjon Mamadalievning Ozodlikka aytishicha¸ buning ortidan dalasi va pishloq ishlab chiqarish sexidagi 30 nafar odam ishsiz qolgan¸ Germaniyadan keltirib, 160 boshga yetkazgan zotli mollari taqdiri xavf ostida qolgan.

Ozodlik bog‘langan Dang‘ara tuman hokimi Saidmurod Aminjonov bu muammo o‘rganilib, ijobiy hal qilinishini bildirdi.

30 одамга иш берган чорвадор фермерни ҳокимият синдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:17 0:00

Murodjon Mamadaliev 1994 yilda o‘zi boshqargan sovxoz fermasini auksionda yutib olib, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “Zilola” xususiy fermer xo‘jaligi tashkil qilgan va unga chorva ozuqasi uchun 61 gektar yer berilgan.

"Тўлқин Данғара равнақи" фермер хўжалиги раҳбари Муроджон Мамадалиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:33 0:00
Бевосита линк

2009 yilda fermer sutni qayta ishlab, pishloq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va o‘ndan ortiq odamni ish bilan ta’minlagan.

2016 yilda 150 bosh qoramoli borligiga qaramasdan o‘sha paytdagi Dang‘ara tumani hokimi Sh. Abdusalomov qarori bilan qisqarib-qisqarib 37,5 gektarga tushib qolgan yer paxta, g‘alla ekish uchun davlat zaxirasiga qaytarilgan.

Mamadaliev yana tenderda o‘z yerini yutib olib, “To‘lqin Dang‘ara ravnaqi” fermer xo‘jaligini tashkil qilgan va g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekib, chorvachiligini rivojlantirgan.

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

"Planlar doim 100 bo‘lgan!"

Ozodlik bilan suhbatda Murodjon Mamadaliev ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tashkil etib, g‘alla va paxta rejasini ham doim ortig‘i bilan bajarib kelganini aytadi.

Mamadaliev ta’kidicha¸ 2019 yil yanvar oyidagi maqbullashtirishga oid hukumat qarori chiqishi ortidan o‘z yeri biror rasmiy hujjat taqdim qilmasdan¸ ogohlantiruvsiz boshqa fermerga qo‘shib berilgan:

- G‘alladan chiqqan somoniyu makka ekib mollarni eplab turgan edik. Maqbullashtirishga kelganida, bilmay qoldik gunohimiz nima ekanligini? Eng ilg‘or fermer bo‘lsam, mablag‘im ham bor, texnikam ham bor, fermam ham bor, 160 bosh qoramolim bor, hech bir joyda oqsab qolgan joyimiz yo‘q. Paxta va g‘allani doim 130-140 qilib bajarib kelgan bo‘lsam. Hokim bir marta fermaga bosh suqib ko‘rmadiyam, o‘zlaricha qaror chiqarib, boshqa fermerga berib yuboribdi.

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

Fermerning aytishicha, uning viloyat hokimiga yozgan arizasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan vakil ham kelib ko‘rgan:

- Hozir boshqarmadan javob xati keldi, hammasi to‘g‘ri, e’tirozingiz bo‘lsa boshqa joyga arz qilavering, debdi. Bular menga mana bu yerda noto‘g‘ri ish qilibsan, bu planni bajarmabsan, deb dangal aytib qo‘ya qolsa ekan, men taqdirga tan bersam. Men nima gunoh ish qildim. Men obod qilgan yerlar butunlay sho‘r bosgan edi. Ilgari u joyga sovxoz paxta ekmas edi. Paxta bo‘lmasdi u yerda. Men go‘ng solaverib, u yerni odam qildim. Hozir 50 sentnerdan paxta beradi o‘sha yerlar. 25 yil davomida yetti hokimni ko‘rdim. Birortasiga pand berganim yo‘q. Mana bu hokim esa indamay yerni tortib olayapti.

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

Zotli mollarni Germaniyadan keltirgan edim

Murodjon Mamadaliev yeri tortib olinishi ortidan Germaniyadan keltirilgan zotli mollari taqdiri mavhum qolayotganini aytadi:

- Bundan o‘n yil oldin Germaniyadan 12ta bo‘g‘oz sigir olib kelgan edim. Hozir shular 160ta bo‘ldi. Hammasi bir zotdan, qora-ola. Ilgari bedapoyalarimiz bor edi, har bir sigir 15 litrgacha sut berardi. Hozir esa 7-8 litrga tushib qoldi. Chunki bedazorlar endi yo‘q, somonga kepak aralashtirib beryapmiz. Bu rahbarlar mollarning uvoliga qoladi.

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

Pishlog‘imiz "xodovoy" tovar

Fermer agar yeri qaytarib berilmasa, zotli mollarini sotishdan boshqa iloji qolmasligini aytadi:

- 2009 yilda pishloq ishlab chiqaradigan sex tashkil qildik. O‘zimizning va boshqa fermalardan sut keltirib qayta ishlaymiz. Butun viloyat bo‘yicha hamma do‘konlarda bizning pishloq bor. Eng xodovoy tovar. O‘ndan ortiq odam ham ishsiz qoladigan bo‘ldi. Boshim qotib qoldi, nima qilishga hayronman. Mollarni sotib yuborishdan boshqa choram qolmadi. Somon g‘aramimizning ham oxiri ko‘rinib qoldi. Eng ichim achigani, mollarga. Kimning qo‘liga tushadi, ahvoli nima bo‘ladi. Toza, bir xil zotli qilib, ko‘paytirayotgan edik. Ikki yilda 400 taga yetardi.

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

Hokimlardan ham, prokuraturadan ham najot yo‘q

Murodjon Mamadaliev hokimiyat va prokuraturaga qilgan murojaatlari hozirgacha natijasiz qolayotganini aytadi:

- Tumanda ham, viloyatda ham chorvachilik bo‘yicha nechta mutaxassislar o‘tiribdi. Maqbullashtirish komissiyasi a’zolari o‘shalar ham. Bittasi bir narsa demayapti. Tuman hokimi Saidmurod Aminjonovga o‘n martalab bordim. Yerlari olingan fermerlarning birortasini ham yaqinlashtirmaysan, deb aytib qo‘ygan ekan. Uchrashib bo‘lmaydi, u odam bilan. Tuman prokuraturasiga yozdim. Kelib ko‘rishdi, lekin hech narsa bo‘lmadi.

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

“Orqasida tirgovichi bo‘lmaganlar yersiz qoldi”

Ismi sir qolishini so‘ragan dang‘aralik fermerlardan biri maqbullashtirish tadbiridan aksar fermer yersiz¸ ishsiz qolayotgani¸ jarayondan faqat hokim va uning o‘rinbosari manfaat ko‘rayotganini ta’kidladi.

“Bizda maqbullashtirishni asosan tuman hokimining qishloq ho‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Mirsodiqov tuman hokimi bilan kelishib o‘tkazdi. Komissiya xo‘ja ko‘rsinga tuzilgandi, deputatlar ham shunaqa! Aziz Mirsodiqovning o‘zi va ko‘plab qarindoshlari, do‘stlari fermerlik qiladi. Maqbullashtirishda A.Mirsodiqovning bironta qarindoshi yerdan mahrum bo‘lmadi. Dang‘arada asosan orqasida tirgovichi yo‘qlarning yeri olindi. Kimniki ortida bironta rahbar, amaldor bo‘lsa, uning yeriga teginilmadi.

Dang‘aradagi maq’bullashtirish davlat foydasiga bo‘lmadi. Bu tadbirda hokimiyat rahbarlarining shaxsiy manfaati aralashgani bois davlat ham, yaxshi fermerlar ham zarar ko‘rdi! Eng qiziq joyi, maqbullashtirishda hokimiyatning o‘zi bir qator fermerlar nomidan yerni zaxiraga qaytarish haqida soxta ariza yozgani bo‘ldi. Bu fakt! Keyin, yana bir qiziq holat bo‘ldi. Avval yeri olib qo‘yilgan ayrim fermerlar, garchi yeri kam bo‘lsa ham, keyinroq yerlarini qaytarib olishdi. Fermerlarning aytishicha, ma’lum haq evaziga ularga yerlarini qaytarib berishgan!”

"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi
"To‘lqin Dang‘ara ravnaqi" chorvachilik fermer xo‘jaligi

"Mening qabulimga kelmagan"

Dang‘ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonov Ozodlik bilan suhbatda, “To‘lqin Dang‘ara ravnaqi” fermer xo‘jaligi rahbari o‘ziga biror marta murojaat qilmaganini iddao qildi:

- Fermerlar mening oldimga kelishsa, har bittasini qabul qilaman. Iltimos, men bir shug‘ullanay, agar hal qilmasam, keyin boshqa narsa deng. U fermer meni oldimga kelsin. Qabul qilaman. Hammasini gaplashib, aniqlashtirib olamiz, muammo bo‘lmaydi, dedi tuman hokimi Saidmurod Aminjonov.

Ozodlik bu va’da ijrosini kuzatishda davom etadi.

XS
SM
MD
LG