Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2020, Тошкент вақти: 13:18

Bosh prokuratura rahbariyati Buxoroda 2 kunda 1009 fuqaroni qabul qildi


2-3 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, qabul "aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida" o‘tkazilgan.


Xabar qilinishicha, 2 aprel kuni Jondor tuman Musiqa va san’at maktabi binosida o‘tkazilgan sayyor qabulning ilk kunida 312 nafar fuqaro uchrashuvda ishtirok etdi, ulardan jami 245 ta ariza qabul qilingan.

"Kelib tushgan murojaatlarning 37 tasi joyida hal etildi, xususan 14 fuqaro ishga joylashtirildi, 13 fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma berildi, 2 fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi, 1 fuqaroga yer ajratildi, 3 tadbirkorga jami 400 mln so‘mlik kredit ajratildi, 1 tadbirkorning faoliyatidagi muammosi ijobiy hal etildi", deyilgan xabarda.

Aytilishicha, qolgan 208 ta murojaat alohida nazoratga olingan.

Qabul qilingan murojaatlarning 64 tasi sud qarorlari bo‘yicha (ma’muriy – 7 ta, iqtisodiy – 3, fuqarolik – 19, jinoyat – 35), 23 tasi surishtiruv va tergov masalalari yuzasidan, 146 ta ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kelib tushdi.

3 aprel kuni Kogon shahar hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulning ikkinchi kunida 697 fuqaro uchrashuvda ishtirok etgan, ulardan jami 450 ta ariza qabul qilingan.

"Kelib tushgan murojaatlarning 41 tasi joyida hal etildi, xususan 12 fuqaro ishga joylashtirildi, 7 fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma berildi, 1 fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi, 8 tadbirkorga jami 670 mln so‘mlik kredit ajratildi, 5 fuqaroga moddiy yordam va nafaqa tayinlandi", deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Qolgan 409 ta murojaat alohida nazoratga olindi.

Qabul qilingan murojaatlarning 122 tasi sud qarorlari bo‘yicha (ma’muriy – 7 ta, iqtisodiy – 11, fuqarolik – 24, jinoyat ishlari – 80), 63 tasi surishtiruv va tergov masalalari yuzasidan, 244 ta ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha kelib tushdi.

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan ikki kunlik sayyor qabul davomida jami 1009 fuqaro qabul qilinganini, ulardan 695 nafari ariza bilan murojaat qilganini, murojaatlarning 78 tasi joyida hal etilganini, qolgan 617 ta murojaat alohida nazoratga olinganini xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

XS
SM
MD
LG