Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:21

Xalqaro federatsiya yana bir chempion o‘zbekni sportdan vaqtincha chetlatdi


O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Jahon chempioni sovrindori Rustam Jangaboev. Surat O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi rasmiy saytidan olindi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Jahon chempioni sovrindori Rustam Jangaboev. Surat O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi rasmiy saytidan olindi.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Jahon chempioni sovrindori Rustam Jangaboev antidoping tartibini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi – IWF rasmiy saytida 11 aprel kuni e’lon qilingan rasmiy xabarda o‘zbek sportchining doping namunasidan bo‘yni o‘stiruvchi gormon topilgani ma’lum qilingan.

“Agar sportchi antidoping talabini buzmagani aniqlansa, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi. Bu ish yuzasidan tekshiruv yakunlanguniga qadar qo‘shimcha ma’lumot berilmaydi”, deyiladi rasmiy bildiruvda.

Bo‘yni o‘stiruvchi gormon 1989 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan taqiqlangan edi. Sababi bu gormon mushak massasini o‘stirish va faol mashq qilingan taqdirda yog‘ qatlamini ozaytirishi mumkin.

Rustam Jangaboev 2017 yilda Osiyo chempioni bo‘lgan, 2018 yilda Ashxobodda o‘tkazilgan Jahon chempionatida 109 kilo vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Jangabaevdan oldin sportdan chetlatilgan va medallardan mahrum qilingan o‘zbek sportchilari

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempioni, “O‘zbekiston iftixori” Ruslan Nuriddinov doping iste’mol qilganlikda ayblanib, 2018 yil dekabrida vaqtincha sportdan chetlatilgan edi.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF)ning xabar berishicha, Ruslan Nuriddinovning 2012 yilgi London Olimpiadasidagi doping namunasi qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda, ijobiy natija berdi. Uning doping namunasidan degidroxlorometiltestosteron (anabolik androgen steroid) topildi.

Ruslan Nuriddinov London olimpiadasida 105 kilogacha vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. Rio-de-Janeyro olimpiadasi chempioni, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibi.

2013 yil oktabrida Polshada o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston tarixida birinchi marta og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng sportchiga “O‘zbekiston iftixori” unvoni berilgan

2017 yilning 31 martida 2008 va 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi doping namunalarini qayta tekshiruvdan o‘tkazgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Artur Taymazovni Beyjinda erkin kurashdan qo‘lga kiritgan oltin medaldan mahrum qilgan edi.

Qo‘mita Taymazovning doping probasi qayta tekshirilganda taqiqlangan turinabol moddasi topilganini bildirgan. Shundan kelib chiqib, Taymazovning medalini rossiyalik kurashchi Baxtiyor Axmedovga olib berish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi o‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigiev 2008 yildagi Olimpiadada qo‘lga kiritgan kumush medal bekor qilinganini bildirdi.

2016 yilning oktabrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Jahon antidoping agentligi o‘tkizgan qayta tekshiruv paytida erkin kurashchi Soslan Tigievning probasidan doping topilganini bildirgan. Buning ortidan qo‘mita qarori bilan Soslan Tigiev 2008 yildagi Olimpiadada qo‘lga kiritgan kumush medaldan mahrum etilgan edi.

XS
SM
MD
LG