Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2020, Тошкент вақти: 04:12

Emomali Rahmon dehqonlarga Ramazon ro‘zasini tutishni bir oyga kechiktirishni tavsiya qildi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qishloq xo‘jalik xodimlariga murojaat qilib bugun, 6 may kuni kirib kelgan Ramazon oyida tutadigan ro‘zalarini bir oyga kechiktirishni tavsiya qildi.

Ozodi radiosining bu haqda xabar qilishicha, Ramazon kirib kelishi munosabati bilan telemurojaat qilgan Emomali Rahmon musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi bu yil issiq vaqtga to‘g‘ri kelganini aytar ekan, "Dalada ishlovchi va boshqa og‘ir ishlar bilan shug‘ullanuvchi odamlar ro‘za tutishlari bilan bir qator qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelishlari mumkin va hatto sog‘liqlariga ziyon yetishi mumkin", - degan.

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, deqqonlarning peshona teri bilan yetishtirilgan hosil o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinmasa, u holda nazarda tutilmagangan muammolarni, masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxi oshishi va hatto ocharchilik keltirib chiqarishi mumkin.

"Musulmon ulamolarning asarlarida og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlar, jumladan dehqonlar va ishchilar ro‘za tutmasliklari mumkinligi ta’kidlanadi. Bu insonlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda ro‘za tutib berishlari mumkin. Shu o‘rinda muqaddas Qur'onning "Niso" surasida: "O‘zlaringizni qiynamang. Albatta, Alloh sizlarga mehribon va rahmlidir" deyilgan”, - deya Rahmondan ixtibos keltiradi TR prezidenti matbuot xizmati.

Prezident Emomali Rahmon dindorlarni kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklar ekan, musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan oyda bozorlardagi nar[larning ko‘tarilib ketishini tanqid qildi.

“Hozirdanoq savdogarlar Ramazon oyida va bayram kunlarida oson pul topish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oshirayotgani bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda, bu esa odamlarning kayfiyatini buzmoqda, ularda norozilik kayfiyatlarini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan bu savdogarlar muqaddas oyda o‘zlari va oila a’zolarini barakadan mahrum qiladilar”, - degan Emomali Rahmon.

Ozodi radiosining xabar qilishicha, Tojikistonda Ramazon oyi boshlangan 6 maydan bir necha kun avval asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – go‘sht, shakar, yog‘, sabzavot va un bir necha barobar qimmatlagan.

XS
SM
MD
LG