Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:15

Uyidan qochgan saudiyalik opa-singil Gruziya pasporti bilan uchinchi mamlakatga yo‘l oldi


Tvitterga joylangan qisqa videotasvirda opa-singil tarafdorlariga minnatdorlik bildirib, Gruziya pasportlarini namoyish qildi.
Tvitterga joylangan qisqa videotasvirda opa-singil tarafdorlariga minnatdorlik bildirib, Gruziya pasportlarini namoyish qildi.

Yurtiga qaytsa, o‘ldirilishidan qo‘rqayotganini aytib, Gruziyaga qochib kelgan saudiyalik opa-singil ushbu mamlakat pasportlarini olganini va endi boshqa mamlakatga ketayotganini ma’lum qildi.

7 may kuni Tvitterga videotasvir qo‘ygan opa-singil 25 yashar Vafo as-Subaye bilan 28 yashar Maho as-Subaye tarafdorlariga minnatdorlik bildirib, Gruziya pasportlarini namoyish qildi.

Ular qaerga ketayotganini aytmadi.

“Biz Gruziyadan ketayotganimizni oshkor qilishdan hayajondamiz. Boshqa mamlakatda yangi hayot boshlash uchun yo‘l olyapmiz. Kim bizni bu yerda yoki chet ellarda qo‘llagan bo‘lsa, tashakkur aytamiz. Petitsiyamizga qo‘l qo‘ygan har bir kishiga boshimiz yerga tekkuncha ta’zim qilamiz”, deb yozdi ular postida.

Videotasvir Gruziya aeroportida olingani taxmin qilinmoqda.

Gruziya hokimiyat idoralaridan ushbu bayonot yuzasidan o‘sha zahotiyoq izoh olishning iloji bo‘lmadi.

O‘tgan oyda ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam so‘rab murojaat qilgan opa-singil Saudiya Arabistoni vatandoshlari bilan bog‘liq so‘nggi hodisa ishtirokchilari bo‘ldi. Keyingi paytlarda asosan ayollar qirollikdan chiqib ketgach, yordam so‘rab, jahon jamoatchiligiga murojaat qilmoqda.

8 aprelda opa-singil Gruziyani tanlagani sababi ushbu mamlakatga kirish uchun saudiyaliklarga viza talab qilinmasligi bo‘lganini aytdi.

‒ Biz Gruziyada hech kimni tanimaymiz. Bu yerga viza talab qilinmagani uchun kelishga qaror qildik... Boshqa choramiz qolmagan edi, ‒ dedi opa-singil.

Qizlarning BMTga “xavfsiz uchinchi mamlakat”dan boshpana berishni so‘rab yozgan va Change.org vebsaytida e’lon qilingan arizasini 40 mingdan oshiq kishi qo‘llab-quvvatladi.

Yanvarda oilasidan qochib ketish uchun Tailand aeroportidagi mehmonxonaga yashirinib olgan saudiyalik o‘smir qiz Kanadadan boshpana olishga erishgan edi.

Mart oyida saudiyalik 18 va 20 yashar opa-singil Hongkongda gumanitar viza olgandan so‘ng uchinchi mamlakatga chiqib ketgan edi. Ularning qochib ketishga urnishiga sabab oilasidagi zo‘ravonlik bo‘lgan ekan.

XS
SM
MD
LG