Линклар

Шошилинч хабар
17 июн 2019, Тошкент вақти: 19:51

Xalq shoiri Jamol Kamol O‘zbekiston aeroportlarning Rossiyaga berilishiga qarshi chiqdi


O‘zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol

O‘zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamol 10 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga ochiq maktub bilan murojaat qildi.

O‘z murojaatida 81 yashar keksa ijodkor Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlarining hukumatning yashirin qarori bilan Rossiyadagi Novaport shirkatiga berilayotgani xususida o‘z xavotirlarini bildirgan.

Jamol Kamolning parlament spikeriga yozgan ochiq xati nusxasi.
Jamol Kamolning parlament spikeriga yozgan ochiq xati nusxasi.

5 iyun kuni Ozodlik O‘zbekiston aviatsiya va transport sohasi mutaxassislari¸ shuningdek Novaport shirkati rasmiysi bilan suhbatlar asosida “Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari tendersiz asl egalari offshorda bekingan kompaniyaga beriladi” sarlavhali maqola e’lon qilgan edi.

12 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda Jamol Kamol bu kelishuvning tashvish uyg‘otgan jihatlari¸ nega aynan parlament raisiga murojaat qilganiga oid savollarga javob berdi.

- Mustaqil bo‘lganimizdan 27 yil o‘tib ham o‘z aeroportlarimizni o‘zimiz boshqara olmaydigan davlatga aylangan bo‘lsak¸ bu qanday bo‘ldi, deb boshladi Ozodlik bilan suhbatni Jamol Kamol.

Suhbat davomida Xalq shoiri¸ aeroport kabi mamlakat strategik ob’ektlarini xorijiy shirkat¸ xususan¸ Rossiya shirkatlariga berish-bermaslik masalasi parlamentda ochiq muhokama etilishi¸ bunday ehtiyojni ko‘rsatuvchi fakt va dalillar xalqqa taqdim etilishi lozimligini ta’kidladi.

Ўзбекистон Халқ шоири Жамол Камол парламент раисига очиқ хат билан мурожаат қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:41 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG