Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:20

Eronliklar hijobsiz ayolga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan taksi haydovchisini qoraladi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Eronda ayollarni hijob kiyishga majburlovchi qonunlar yana bir platformada qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Tehronda Uberga o‘xshash xizmat bo‘lmish Snapp shirkatida ishlovchi Said Obid ismli haydovchi ayol mijozi hijob qonunlarini buzgani uchun manziliga eltib qo‘ymagani qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.

Ayrimlar shirkatni boykot qilishga chorlamoqda.

Ushbu holat haqida eronlik ayol Twitterda Snapp haydovchisi uning “hijobi yomon” bo‘lgani uchun katta yo‘l o‘rtasida tashlab ketani haqida yozishi ortidan ma’lum bo‘ldi. Ayol, shuningdek, Snapp haydovchisining bu harakati ortidan shirkat undan uzr so‘raganini va uni jazolashni va’da qilgani haqida yozgan.

Ammo radikal islomchilar Snapp shirkatini keskin tanqid qilishi ortidan shirkat o‘z haydovchisi tarafini ola boshladi.

Bu orada Snapp mijozi hodisa haqidagi tvitlarini o‘chirib, Snapp shirkati, uning haydovchisi hamda his-tuyg‘ulari tahqirlangan barcha eronliklardan uzr so‘radi. Ayrimlar ayol bunday chora ko‘rishga majburlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xavotir bildirdi.

9 iyun kuni Snapp shirkati Obidni olqishlovchi bayonnomani e’lon qildi. Unda shirkat qoidalariga binoan ayollar hijob kiyish qonunlariga amal qilishi kerakligi aytiladi.

1979 yilgi Islomiy inqilobdan beri Eronda ayollar hijob kiyishi shart. O‘shanda ushbu cheklov namoyishlarga sabab bo‘lgan edi, ammo 40 yildan beri eronlik ayollar unga amal qilib keladi.

Keyingi yillarda esa ayollar tobora kichik ro‘mol o‘rab, sochlarini ko‘rsata boshladi. Shuningdek, ayollar avtomobilda yoki ommaviy joylarda namoyishkorona hijobini yechgan holatlar ham kuzatildi.

Snapp shirkatining ayrim mijozlari shirkat ayollar huquqlarini hurmat qilmagani hamda ularning hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun uning xizmatlaridan voz kechishlarini ma’lum qilishdi.

Hafta boshida Obid hukumat boshqaruvidagi telekanalga intervyu berib, mijozini hijobga chorlab, o‘z diniy majburiyatini bajarganini aytdi. U oilasini boqish uchun haydovchilik qilayotganini, hijob kiymagan ayolni tashigani uchun politsiya jazosiga yo‘liqishi mumkinligini aytdi.

Obidning so‘zlariga ko‘ra, mijozi uning so‘zlariga javoban qo‘pol ravishda uning hayotiga aralashmasligi kerakligini aytgan. Ikkisi tortishib ketgani uchun ayol mashinadan tushib qolgan.

Erondagi islomiy konservativlar, jumladan, yuqori lavozimli rasmiylar Obidni olqishlamoqda. Politsiya rasmiysi esa mijozlariga hijob haqida eslatish haydovchilarning burchi ekanligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG