Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:59

Gruziyada norozilar Ichki ishlari vaziriga qarshi "partizan urushi" boshladi


Gruziya. Parlament binosi oldida o‘tkazilayotgan norozilik aksiyasi ishtirokchilaridan biri. 2019, 3 iyul.
Gruziya. Parlament binosi oldida o‘tkazilayotgan norozilik aksiyasi ishtirokchilaridan biri. 2019, 3 iyul.

Namoyishchilar Gruziya poytaxti markazida 14 tundan beri to‘xtovsiz miting o‘tkazmoqda. Endilikda ular ichki ishlar vaziri iste’fosini talab qilmoqda.

Norozilar Tbilisidagi parlament binosi oldida 3 iyul kechqurun yana yig‘ilib, Rossiya ta’siriga qarshi chaqiriqlar yangragan dastlabki mitingni tarqatish chog‘ida politsiya kuch ishlatgani uchun ichki ishlar vaziri Giorgi Gaxariyaning iste’fosini talab qildi.

20 iyundagi dastlabki miting chog‘ida omma parlament binosiga kirishga uringanida, politsiya rezina o‘qlar otgani va suv otuvchi vositalarni qo‘llagani oqibatida 240 dan oshiq kishi, jumladan, 80 nafar politsiyachi yarador bo‘lgan, 300 dan oshiq kishi hibsga olingan edi.

Muxolifat vakillari Gaxariyani namoyishni tarqatib yuborish uchun keragidan ortiqcha kuch qo‘llaganlikda ayblamoqda.

Norozilik namoyishlari ikki haftaga yaqin davom etgach, tashkilotchilar norozilik to‘lqini izsiz ketmasligi uchun taktikani o‘zgartirayotganini aytdi.

Namoyishchilardan biri Giga Makarishvilining ma’lum qilishicha, endi mitingchilar o‘zi “partizanlar taktikasi” deb atagan usul bo‘yicha o‘tkaziladi, ya’ni namoyishchilar Gaxariya qaerga borsa, ortidan ergashib, iste’fosini talab qilib yuradi.

− Biz har kuni kechqurun mobil ekranda Rossiya siyosati haqidagi filmlarni ko‘rsatamiz. Kitob taqdimotlari bilan bir qatorda Rossiyaning Gruziyadagi siyosiy o‘yinlari haqida kitob yozgan mualliflar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi”, dedi Makarishvili.

Namoyishchilarning talablari behuda ketmayotgan ko‘rinadi.

Gruziya IIVning Xos vazifalar bo‘yicha departamenti direktori, politsiyaning maxsus bo‘linmasi rahbari Georgiy Kakichishvili Tbilisida 20-21 iyun kunlari mitingni tarqatib yuborish ishi bo‘yicha tergov ishlari tugagunga qadar lavozimidan chetlatildi. Lekin shuning o‘zi kifoya qilarmikan?

Norozilik namoyishlari boshlanishiga Rossiya rasmiy delegatsiyasining Gruziyaga safari, boz ustiga, bir rus deputatining aholisi, asosan, pravoslav diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar parlamentlari vakillari oldida Gruziya parlamenti spikeri kursisiga o‘tirib ma’ruza qilgani sabab bo‘lib boshlanib ketgan edi.

Aksariyat gruzinlar 9 yil oldingi besh kunlik urushda Rossiya qo‘shinlari Gruziyaning ikkita hududini bosib olgandan so‘ng ushbu mamlakatga ochiqchasiga dushman ko‘zi bilan qarab keladi.

2008 yilda ro‘y bergan 5 kunlik urushdan so‘ng Rossiya Gruziyaning ikkita ajralib chiqqan hududiga ko‘psonli qo‘shinlarini kiritgan edi.

XS
SM
MD
LG