Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 02:17

Qashqadaryo IIBsi tahqirlangan qizlar haqidagi Ozodlikda chiqqan video tafsilotlarini ochiqladi


Икки йигит икки қизни фоҳишаликда айблаб, аёвсиз калтаклади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:08 0:00

Qashqadaryo viloyat IIBsi¸ bu videoda ikki qizni ayovsiz tahqirlagan yigitlardan birini favqulodda tezlik bilan Toshkentdan topib¸ so‘roq uchun Qarshiga olib kelgan.

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati 22 iyul kuni Ozodlikning Telegram kanaliga yuborgan ikki sahifalik “RADDIYa”da Ozodlik veb saytida 20 iyul kuni​ “Ikki yigit ikki qizni fohishalikda ayblab, ayovsiz kaltakladi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan video tafsilotlarni ochiqlangan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu videoda ikki yigitning ikki qizni fohishalikda ayblab, urib-tepgani aks etadi. Joriy yilning iyulida Kitob tumanida bo‘lgani iddao qilingan bu videotasvir davomida yigitlar qizlarni kamida 21 marta urgani ko‘riladi.

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining rasmiy maktubda yozishicha, Ozodlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tarqagan bu “video va unga berilgan sharh zudlik bilan viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rganilib, unda aks etgan ikki nafar qizlar va ularni kaltaklagan bolalarning shaxsini aniqlashga qaratilgan chora tadbirlar ko‘rilgan.”

Olib borilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, mazkur holat 2019 yil taxminan iyun oyining o‘rtalarida kechki soat 23-15 larda sodir bo‘lganligi, shu kuni M.Q. o‘zining dugonasi N.T. bilan Kitob tuman dehqon bozorining ichida joylashgan choyxonadan ovqatlanib chiqib, Shahrisabz shahriga qaytib ketish maqsadida yo‘l chetida turgan vaqtlarida ularga oldindan tanish bo‘lgan B.M. va X.T.lar o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga ularni mindirib, odamlarning ko‘ziga tushmaydigan qurilishi tugallanmagan hovliga olib borib, shu yerda ularni tungi vaqtda “fohishalik” qilib yurganlikda ayblab, ularning shaxsiga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni ishlatib, kaltaklash holati yuz berganligi aniqlandi”¸ deyiladi Qashqadaryo viloya IIB “raddiya”sida.

Rasmiy xabarda qayd etilishicha¸ ikkala qiz IIBga chaqirtirilgan va videodagi shaxslar o‘zlari ekanini tasdiqlagan. Shuningdek¸ jabrlanuvchilar o‘zlariga zo‘ravonlik qilgan B.M. va X.T.larga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.
Matbuot xizmatining bildirishicha¸ bu murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, B.M. va X.T.lar bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borishga kirishilgan.

Rasmiy bayonotda yozilishicha¸ tergov jarayonida qizlarni kaltaklaganlardan biri – B.M.ning Toshkentga mavsumiy ishga ketgani aniqlangan¸ ammo zudlik bilan u viloyatga qaytarilgan.

IIB xodimlari o‘tkazgan so‘roq davomida¸ aytilishicha¸ B.M. videodagi shaxs o‘zi ekani va X.T. bilan birgalikda “qizlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun”¸ videodagi samosudni amalga oshirganiga iqror bo‘lgan.

Uning zo‘ravonlikdagi sherigi X.T. ismli shaxs¸ Qashqadaryo IIBsining bildirishicha¸ “hozirda yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketganligi bois” topilmagan¸ ayni paytda u qidirilmoqda.

Qashqadaryo viloyat IIBsi matbuot xizmatining yo:

BUGUNUZ” profilida e’lon qilingan video va unga berilgan sharh bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari tomonidan belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, uning natijasiga ko‘ra har ikki yigitga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi”.

O‘z “RADDIYa”si nihoyasida Qashqadaryo IIB matbuot xizmati
“tungi vaqtlarda viloyatning har bir hududida fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan aniq va maqsadli chora tadbirlar amalga oshirilishi yanada kuchaytirilganligini” ham alohida ta’kidlagan.

Bu matnga¸ B.M.ning ichki ishlar rasmiysi tomonidan so‘roq qilinayotgan yigit aks etgan surat ham ilova qilingan. Ozodlik¸ aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqib¸ hozircha bu suratni e’lon qilmayotir.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG