Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:24

Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘raev 13 yilga qamaldi


Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘raev
Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘raev

2 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining yopiq sud majlisida Samarqand viloyati sobiq hokim Turobjon Jo‘raev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Bu haqda Ozodlikka Toshkent viloyati prokuraturasining nomini ochiqlashni istamagan mulozimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 205 ("Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish) va 210 ("Pora olish") moddalari bilan aybdor deb topilgan sobiq hokim Turobjon Jo‘raev 13 yilga, hokim o‘ribosari O‘tkir Abdullaev 11 yilga, hokimlik bosh mutaxassisi Bahodir Xo‘jaqulov 7 yilga, mutaxassislar Botir Abdullaev 6 yilga va To‘lqin Sulaymonov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sulaymonovga nisbatan chiqarilgan qamoq jazo shartli jazoga almashtirildi.

Shuningdek, sudlanuvchilarning barchasi muayyan muddatga rahbarlik lavozimlarida ishlash, mansabdorlik yoki moddiy javobgarlik bilan bog‘liq ishlarda xizmat qilish huquqidan mahrum qilingan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, "jinoiy guruh rahbari" deya ko‘rsatilgan Turobjon Jo‘raev Samarqand shahrida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun pudratchilardan jami 2 140 000 AQSh dollari miqdorida pora olgan.

Biroq pora olish bilan bog‘liq tezkor jarayonda tezkor guruh tomonidan operatsiya tashkil etilmagan.

Pora olish epizodlari guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatmalarigagina asoslanadi.

Sudlanuvchilarning yaqinlari iddaosiga ko‘ra, ularga nisbatan dastlabki tergov jarayonlarida Bosh prokuratura tergov guruhi rahbari Yorqin Halimov hamda jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari, tergovchilar tomonidan qiynoqlar qo‘llanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan sudlanuvchilarning yaqinlari Prezident va boshqa idoralarga ko‘p marotaba murojaat qilganlar.

Jinoyat ishida davlat siri bilan bog‘liq faktlar bo‘lgani bois u to‘la yopiq holda ko‘rildi.

Mahkama ishtirokchilaridan jarayon haqida ma’lumot sizdirmaslik bo‘yicha tilxatlar olingan.

Turobjon Jo‘raev va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2018 yil 13 iyul kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan Bosh vazir Abdulla Aripov va Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevlar ko‘rsatmasiga asosan qo‘zg‘atilgandi.

13 iyul kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari yig‘inida Turob Jo‘raev jinoiy hatti-harakatlariga oid videomaterial namoyish qilingani haqida bevosita ushbu majlis ishtirokchilari Ozodlikka xabar qilgan edi.

Ayni shu kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Facebookdagi rasmiy sahifasida huquq tizimlari tomonida ikki yirik korrupsion sxema (jumladan, Turob Jo‘raev)ga chek qo‘yilgani haqidagi videomaterial e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG