Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:58

Qirg‘izistonda sobiq prezident Atambayevni qo‘lga olish amaliyoti o‘tkazilmoqda


Almazbek Atambayev Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyida tarafdori bilan. 2019, 7 avgust oqshomi.
Almazbek Atambayev Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyida tarafdori bilan. 2019, 7 avgust oqshomi.

Bishkek vaqti bilan soat 00.30 da (8 avgust) Azattiq radiosining Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar qilishicha, sobiq prezident Almazbek Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot davomida jabrlanganlar soni 23 nafarga yetdi. Qo‘ytosh qishlog‘ida 10 ta "Tez yordam" brigadasi ishlamoqda.

Oldinroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) sobiq prezident Almazbek Atambayrvni qo‘lga olish amaliyoti davom etayotganini bildirgan edi.

Bu haqda Azattiq radiosi xavfsizlik idorasi bayonotiga tayanib xabar qilgan.

7 avgust kuni kechga yaqin Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning uyi joylashgan Qo‘ytosh qishlog‘iga (Chuy viloyati) xavfsizlik xizmati askarlari kirib kelishi ortidan bir necha kishi tan jarohati oldi.

Almazbek Atambayevni qo‘lga olish davomida uning uyida yong‘in chiqdi. 2019, 7 avgust oqshomi, Qo‘ytosh qishlog‘i.
Almazbek Atambayevni qo‘lga olish davomida uning uyida yong‘in chiqdi. 2019, 7 avgust oqshomi, Qo‘ytosh qishlog‘i.

Atambayrvning uyi va uning atrofida 7 avgust kechga yaqin yuzaga kelgan vaziyatni Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi a’zosi Mirbek Aytikeev va boshqalar Feysbukda jonli efirda ko‘rsatdi.

Sobiq prezidentning uyi joylashgan Qo‘ytosh qishlog‘iga maxsus bo‘lim askarlari kirganda bir necha kishi yelim o‘qdan yaralangani xabar qilindi.

Xabarlarga qaraganda, voqeada qirg‘izistonlik ikki eks-deputat hamda 24.kg agentligi muxbiri va boshqalar yelim o‘qdan yaralangan.

Qirg‘iziston parlamenti 27 iyun kuni Almazbek Atambayevni daxlsizlik maqomidan mahrum etish yuzasidan ovoz bergan, bu esa huquq-tartibot idoralariga uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun imkon yaratadi.

Deputatlar komissiyasi Atambayrvga qarshi olti ayblovni ilgari surgan. Bosh prokuratura ulardan beshtasini asosli, deb topgan.

Almazbek Atambayevning o‘zi bu ayblovlar siyosiy sababga ega ekanini urg‘ulamoqda. Sobiq prezidentning Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyida tarafdorlari Atambayevni qo‘llash shtabini tuzganlar.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi sobiq prezident Almazbek Atambayevni uch marta so‘roqqa chaqirgan, ammo uchala safar ham u tergovga borishdan bosh tortgan.

Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi 18 iyun kuni sobiq prezident Almazbek Atambayevni 6 ayblov bo‘yicha aybdor deb topgan va 20 iyunda parlament bu ayblovlar naqadar asosli ekanini o‘rganib chiqishni Bosh prokuraturaga topshirgan edi.

Parlament Atambayevni o‘z siyosatiga qarshi chiqqan faollar va jurnalistlarga bosim ko‘rsatganlikda va qator korrupsiyaviy harakatlarda gumonlamoqda.

25 iyun kuni Bosh prokuratura sobiq prezident Almazbek Atambayevga qo‘yilgan oltita ayblovdan beshtasini asosli deb topganini bildirgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG