Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:27

Sergelidagi qurilishda ishlatilayotgan mahkumlar maoshining 21%i ushlab qolinmoqda


Sergelida mahkumlar qurayotgan uylardan biri.
Sergelida mahkumlar qurayotgan uylardan biri.

Joriy yil yanvaridan boshlab, Sergelidagi ko‘pqavatli uylar qurilishda ishlayotgan mahkumlar oyligidan 21 foizi koloniya foydasiga ushlab qolinmoqda.

Bu haqda Ozodlikka Toshkentdagi 51- manzil koloniyada saqlanayotgan mahkumlar xabar qildi.

​Ozodlik suhbatlashgan 51-manzil koloniya xodimlaridan biri mahkumlar maoshidan ushlab qolinayotganini koloniya qarzi bilan bog‘ladi.

51-manzil koloniya boshlig‘i podpolkovnik Anvar Valiyevning Ozodlikka aytishicha, "muassasa rivojlantirish fondiga pul ushlash mutlaqo qonuniydir".

O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksida mahbusning mehnat huquqlari ozodlikdagi shaxslarniki bilan tengligi qayd qilingan.

Mahkumlar Sergelida qurayotgan uylardan biri
Mahkumlar Sergelida qurayotgan uylardan biri

​Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan 51-manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 60 ga yaqin mahkum Sergelidagi kam ta’minlangan oilalarga mo‘ljallangan uylar qurilishida ishlayapti.

Ozodlik bilan suhbatlashgan mahkumlar tazyiqqa uchrash xavfi bois ismini ochiqlamaslikni so‘rashdi.

Mahkumlardan birining aytishicha, joriy yil yanvar oyidan boshlab ularning maoshidan koloniya foydasiga ushlab qolinmoqda.

Hech bir koloniyada mahkumlarni bunaqa ochiqchasiga talashmaydi

“Oyligimizning 21 fozini majburiy ravishda koloniya fondiga olib qolishayapti. Oldin bunaqa emasdi. Shu yil yanvaridan boshlandi. Hech bir koloniyada mahkumlarni bunaqa ochiqchasiga talashmaydi”, deydi mahkum.

Sergelida mahkumlar yashaydigan vagonlardan biri
Sergelida mahkumlar yashaydigan vagonlardan biri

Mahkumlar tomonidan Ozodlikka taqdim qilingan hujjatda har oy mahkumlar oyligining 21 foizi muassasa rivojlantirish fondiga ushlab qolinayotgani aks etgan. (Ozodlik bu hujjatda mahkumlar ism-familiyasi borligi sabab uni e’lon qila olmaydi)

“Biz qurilishda qilgan mehnatimizga haq olamiz. Prorab har bir mahkumning kundalik qancha ishlaganini hisoblab boradi. Oyligimiz 1 - 2,5 million so‘m atrofida bo‘ladi. Har oy har xil. Bundan 12 foizini daromad solig‘iga ushlashadi. Yana 21 foizi koloniya fondiga

2,5 million so‘m oylik yozilsa, shundan qaryib 500 ming so‘mni koloniya foydasiga ushlashadi

ushlanadi. Masalan, 2,5 million so‘m oylik yozilsa, shundan qariyb 500 ming so‘mni koloniya foydasiga ushlashadi”, dedi Ozodlik 12 avgust kuni suhbatlashgan mahkum.

Boshqa bir mahkum maoshidan ushlab qolinayotgani borasida birorta ham mahkum ochiqchasiga norozilik bildira olmasligini aytdi.

“Oyligimizdan koloniya fondiga ushlanayotgani bor gap. Lekin biz kichkina odamlarmiz, nima ham qila olardik. Agar biror odam shikoyat qilguday bo‘lsa, unga qo‘shimcha narusheniye yozishadi. Bu qo‘shimcha jazo degani. Shu bilan ozodlikka chiqmoqchi bo‘lib turgan odam ham yana ma’lum muddatga qolishi mumkin”, dedi mahkum.

Sergelida mahkumlar yashaydigan vagonlardan biri
Sergelida mahkumlar yashaydigan vagonlardan biri

​Mahkumlarning aytishicha, Sergelidagi kam ta’minlangan oilalarga mo‘ljallangan qurilishlarda qatnashayotgan mahkumlarni mamlakatning turli joylaridagi koloniyalardan yig‘ib kelishgan.

Mahkumlar arzon ishchi kuchi bo‘lgani uchun ikki yildan beri Sergelidagi qurilishda ishlayapmiz

“O‘zbekistonning qaysi manzil koloniyasida qurilish sohasi bo‘yicha mutaxasisligi bor mahkum bo‘lsa, hammasini shu Sergelidagi qurilishga olib kelishgan. Mahkumlar arzon ishchi kuchi bo‘lgani uchun ikki yildan beri Sergelidagi qurilishda ishlayapmiz. Shu yerda vagonda yashaymiz, ikkita militsiya xodimi qorovullaydi bizni”, deydi Ozodlik bilan suhbatlashgan mahkum.

Mahkumlar Sergelida yashab, ishlamoqda
Mahkumlar Sergelida yashab, ishlamoqda

​Ozodlik suhbatlashgan 51-manzil koloniya xodimlaridan biri mahkumlar maoshidan ushlab qolinayotganini koloniya qarzi bilan bog‘ladi.

“Bilishimcha, GUINdan koloniyaga katta summada pul qarzga olingan. Bu pulga mebel ishlab chiqarish sexi tashkil qilish rejalashtirilgan edi. Biroq bu reja amalga oshmadi. Shuning uchun mahkumlar hisobiga qarzni yopayotgan bo‘lishi mumkin. Men buxgalteriyadan uzoqdagi odamman. Bu faqat eshitganim. Anig‘ini boshliqlardan so‘raysiz”, dedi shaxsini ochiqlamaslikni so‘ragan koloniya xodimlaridan biri.

Ozodlik 51-manzil koloniya boshlig‘i podpolkovnik Anvar Valiyev bilan telefon orqali bog‘landi.

Podpolkovnik Valiyev muassasa rivojlantirish fondiga pul ushlash mutlaqo qonuniyligini ta’kidladi.

"Fondga har doim pul olingan. Hozir ham olinayapti. Xat- hujjat, buyruqlar hammasi taxt. Keling hammasini ko‘rsataman. Lekin telefon orqali ma’lumot bermayman”, deya go‘shakni qo‘yib qo‘ydi Valiyev.

O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksida mahbusning mehnat huquqlari ozodlikdagi shaxslarniki bilan tengligi qayd qilingan.

Kodeksning mahkumlar mehnatiga haq to‘lashga doir 92- moddasida bunday deyilgan: “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq to‘lanadi”.

Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga to‘lanadigan oylik haq qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas.​

XS
SM
MD
LG