Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:30

Faollar: Qrimda Ukraina bayrog‘ini osganlar jinoyatchiga chiqarilmoqda


Rossiyada besh yillik qamoq muddatini o‘tayotgan Vladimir Balux (suratda) Rossiya 2014 yil martida Qrimni bosib olgandan so‘ng Ukraina bayrog‘ini o‘z hovlisida osgan edi. 
Rossiyada besh yillik qamoq muddatini o‘tayotgan Vladimir Balux (suratda) Rossiya 2014 yil martida Qrimni bosib olgandan so‘ng Ukraina bayrog‘ini o‘z hovlisida osgan edi. 

Rossiya bosib olgan Qrimda Ukrainaning ko‘k-sariq rangli bayrog‘ini o‘z hovlisida​ tikkan yoki shunaqa rangdagi biror narsani joylashtirganlar ​jarimaga tortilmoqda, jinoyatchiga chiqarilmoqda.​ Ukrain faollariga qarshi onlayn forumlar ishtirokchilari gij-gijlanmoqda.

Bu haqda Qrim inson huquqi himoyasi tashkiloti (CHRG) rahbari Olga Skripnik​ guruh a’zosi ​Vladimir Chekrigin bayonot berdi.

Ukrain faollariga qarshi onlayn forum Qrimdagi Rossiyaning Qora dengiz floti joylashgan port shahar Sevastopolda mavjud bo‘lib, u “Shahrimizdagi banderachilarga o‘t qo‘yamiz” deb ataladi. Bu bilan XX asrning o‘rtalarida Ukrainaning milliyatchi yetakchisi bo‘lgan Stepan Bandera izdoshlari nazarda tutiladi.

Chekriginga ko‘ra, forumda yarim oroldagi “ukrain faollarini qirib tashlashga ochiq da’vat qilingan 150 betlik ma’lumot to‘plangan. Ularda ukrain faollarining suratlari, manzillari, oilasi qaerda yashashi hamda ular farzandlarini bolalar bog‘chasiga qaysi yo‘ldan olib borishi haqidagi ma’lumotlar aks etgan. Yana ularni topish va surobini to‘g‘rilab qo‘yish ham taklif etiladi”.

Ukrain bayrog‘ini osish yoki uning ranglarini aks ettirish jarima solinishiga va “ruxsat etilmagan” namoyish sifatida javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Mabodo Ukraina bayrog‘i ranglari kishiga tegishli mulk ustiga chizilgan bo‘lsa, bu jinoyat javobgarlik va “vandalizm” sifatida qamoqqa kesilishga olib kelishi ham hech gap emas.

Boshqa paytlarda jinoyat ishlari ukrainaliklarni “milliy o‘ziga xosligini biror tarzda ifoda qilgani sabab” qamash uchun “yo‘q joydan to‘qib chiqariladi”, dedi Skripnik va misol tariqasida Vladimir Baluxni keltirdi.

Ayni paytda Rossiyada besh yillik qamoq muddatini o‘tayotgan Balux Rossiya 2014 yil martida Qrimni bosib olgandan so‘ng Ukraina bayrog‘ini o‘z hovlisida osgan edi.

Balux aslida 2016 yil dekabrida hibsga olindi va unga 2017 yil avgustida qurol va portlovchi moddalar saqlaganlik aybi qo‘yildi, ammo ayblovni soxta deb tan olmadi.

“Memorial” inson huquqi himoyasi markazi singari tashkilotlar uni siyosiy mahbus deb ataydi va unga qo‘yilgan ayblovni to‘qib chiqarilgan deb hisoblaydi.

‒ Umuman olganda, ukrain ramzlaridan foydalanish xafli narsa, ‒ deydi Skripnik. ‒ Ukraina bayrog‘i va uning ranglari namoyishi ta’qib uchun yetarlidir.

XS
SM
MD
LG