Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:25

Qiziriqlik o‘qituvchilar ijara darsliklar uchun maoshdan 100 ming so‘mdan bosib qolinayotganini iddao qildi


Sinfxona
Sinfxona

Surxondaryo viloyat, Qiziriq tumanidagi bir necha o‘rta maktab o‘qituvchilari maktablar direktorlari ularning maoshlaridan ijara darsliklari uchun 100 ming so‘mdan bosib qolmoqda.

Ish haqidan ushlab qolinayotganni aytgan o‘qituvchilarning bu iddaosini tuman Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i “bo‘lmagan gap” deya rad etdi.​

Surxondaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining darsliklarni ijaraga berishga mas’ul xodimi qiziriqlik o‘qituvchilar shikoyati o‘rganilajagini bildirdi.

Ozodlikka shikoyat qilgan o‘qituvchilardan biriga ko‘ra, tuman Xalq ta’limi bo‘limi maktablar direktorlariga boshlanayotgan o‘quv yilida ijara darsliklar uchun pul o‘tkazib berish to‘g‘risida “ichki” topshiriq bergan.

O‘qituvchining bu iddaosini tasdiqlagan ayni tumandagi maktablarda dars beruvchi yana ikki o‘qituvchi direktorlar ijara haqini to‘lashni istamagan o‘qituvchilarga ish haqini bermaslik bilan tahdid qilgan.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yili uchun darsliklar uchun ijara to‘lovi miqdori o‘tgan yillarga nisbatan oshgan.

"Do‘q-po‘pisa"

Dastlab Telegram messenjeri orqali bog‘langan va o‘zini qiziriqlik o‘rta maktab o‘qituvchisi deya tanishtirgan shaxs iddaosiga ko‘ra, maktab direktorlari o‘qituvchilarga “do‘q-po‘pisa qilib”, ularning oylik ish haqidan 100 ming so‘m bosib qolinishini bildirgan.

Maktab direktorlari maktablardagi sinf rahbarlariga 2019-yil avgust oyi ish xaqidan 100 ming so‘mdan vedomostga qo‘l qo‘yib berasizlar, qo‘l qo‘ymasalaring, avgust ish xaqlaring chiqmaydi (berilmaydi) deb, sinf rahbarlarga maktab rahbarlari do‘q-po‘pisa qilib, qo‘l qo‘ydirib olyapti” deb yozdi u.

Ozodlik bu iddaoni aniqlash uchun Qiziriqdagi 77 ta maktabdan bir nechtasida ishlovchi ba’zi o‘qituvchilar bilan bog‘landi.

O‘qituvchilardan ikki nafari ushbu iddaoni tasdiqladi.

Bermasang, oylik kartochkanga tushirilmaydi, deb aytdi direktor. Ko‘pchilik qo‘l siltab qo‘yaqoldi. E’tiroz bildirsak, bosim kuchayib ketadi” dedi o‘qituvchilardan biri.

Uning hamkasbiga ko‘ra, ijara to‘lovlari haqidagi topshiriq tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ochiqcha berilgani yo‘q.

Direktorimizdan topshiriqni ko‘rsatishni talab qildik. Lekin “ichki topshiriq bo‘lgan”, deb gapimizni bo‘lib tashladi,” dedi u.

O‘qituvchilarga ko‘ra, direktorlar o‘qituvchilar oyligidan chegirib olingan miqdor, ota-onalar ijara to‘lovni amalga oshirgach, qaytarilishini bildirganlar.

"Bunday komanda berilgani yo‘q"

Qiziriq tuman Xalq ta’lim bo‘limi mudiri Xushmurod Muhammadiyev 28 avgust kuni Ozodlik savoliga javoban o‘qituvchilar da’volarini "bo‘lmagan gap" deya rad etdi:

- Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Hech qanday unday narsa bo‘lgan emas. Yig‘ilishdayam biron narsa... Ijaraning narxi kelgan. Ota-onalarning o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankga to‘layapti. Bunday komanda berilgani yo‘q.

Xushmurod Muhammadiyevning qo‘shimcha qilishicha, hozirga qadar o‘qituvchilardan ular ijara darsliklari uchun pul to‘lashga majburlanayotgani to‘g‘risida shikoyat kelib tushmagan.

- Unday ish mumkin emas. Biz rahbarlar bilan birga har bir maktabni ko‘rib... Mana prokuratura o‘zi, prokuratura, bizning idora va Yoshlar Ittifoqidan komissiya tuzib, to‘liq tekshirib qilayapmiz. Lekin bunday xabar bugungacha bizga kelgani yo‘q, - dedi Qiziriq tuman Xalq ta’lim bo‘limi mudiri.

Yagona ijara narxi

Ijara to‘lovi miqdori
Ijara to‘lovi miqdori

O‘zbekiston Adliya vazirligi Telegramdagi Huquqiy axborot kanalida darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovining respublika bo‘yicha o‘rnatilgan yagona narxlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ota-onalar 2019/2020 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1- sinfidan tashqari barcha darslik kitoblar uchun hukumat tomonidan o‘rnatilgan narxda ijara haqi to‘laydi.

Rasmiy ro‘yxatga ko‘ra¸ 2-sinf o‘quvchilari qo‘llanadigan 12 darslikdan iborat to‘plam ijara narxi 23 200 so‘mdan boshlanadi.

Bu ro‘yxatdagi eng arzon ijara narxi 5-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan 13 ta darslik uchun belgilangan 13 000 so‘mni tashkil etadi.

Eng qimmat narx esa¸ 8-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plam uchun belgilangan bo‘lib¸ u 40 700 so‘mni tashkil etadi.

Surxondaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining darslik kitoblarini ijaraga berishga mas’ul xodimi Olim To‘raqulovning 28 avgust kuni Ozodlikka aytishicha, kitoblar ijarasi miqdorini belgilashda asosiy e’tibor har bir kitobning tannarxiga qaratilgan.

- Ishlab chiqarish narxiga bog‘liq, birinchidan. Ikkinchidan, kitoblar soniga bog‘liq. Katta sinflarga boravergandan keyin 18-19 nomda darslik bo‘ladi. Albatta, darsliklar soni, ishlab chiqarish narxi ijara narxiga ta’sir qiladi, - dedi Olim To‘raqulov. U qiziriqlik o‘qituvchilar shikoyati o‘rganilajagini bildirdi.

XS
SM
MD
LG