Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:38

Prezident majburiy mehnat uchun jazo choralarini kuchaytiruvchi qonunni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy tartibda mehnatga jalb qilinganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlarni kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qonun matni "Xalq so‘zi"da 29 avgustda e’lon qilindi va shu kuni kuchga kirdi.

Hujjat 17 avgustda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 24 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi.

MJTKning 51-moddasiga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik uchun jarima miqdori eng kam ish haqining 10 dan 30 baravarigachani tashkil etadi (avval — EKIHning 1 dan 3 baravarigacha edi.

Mazkur modda ushbu huquqbuzarlik takroran sodir etilsa eng kam ish haqining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solinishini ko‘zda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi.

Voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga jalb etish eng kam ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha (hozirda 5 baravaridan 15 baravarigacha), agar bu huquqbuzarlik takroran sodir etilsa eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatni ma’muriy jazoga tortilgandan keyin takroran bajarmaslik eng kam ish haqining 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG