Линклар

Шошилинч хабар
18 сентябр 2019, Тошкент вақти: 04:41

OzodTarmoq: Deputat "saylov ko‘rmagan" blogerlarga: Parlament sirk emas!


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rishtonlik deputati Umirzakov Akmaljon Axataliyevich o‘z Facebook sahihasida e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Deputatlikka nomzod qo‘ysam o‘taman, deb fikrlaydigan keti toza blogeru birovni haqini yeyishdan uyalmaydigan pechkachi va o‘ziga o‘zi "smartgov konsultant" deydiganlar ko‘payib ketti. Qiziq nomzodlarning turlari... Hamma xilidan bor ey...


Hattoki, bir "aqlli" Buxorolik nimeymish, deputatlik dasturini yozgandim, deydi. Ahad Qayummi lahad luqummi bu blogger, farqi yo‘q bu masxarabozlarga... Deputat manifest yozadimi hech bir dunyoda. Yana umidim so‘nib boryapti, men g‘alaba qilolmaymanmish. O‘zingcha, 13000 podpischik (shundan yarmi soxta ekkaunt, yarmi allaqachon deleted, bo‘lgan) dunyoni har bir burchagidan yig‘ilib, senga muxlis bo‘lgani ketingni ko‘tardimi deyman. Saylanish uchun kamida bilasanmi qancha saylovchi bo‘lish kerak bir okrugda havasmand nomzod?! O‘tgan saylovda o‘rtacha 165000 edi. Fikr qil, bu raqam sening kanalingdagi obunachiladan kamida o‘n ikki martta ko‘p va kamida shularning yarmi seni yoqlashi kerak.


Saaalll, tush eshagingdan. Ehhhh, saylov nima bilmaysanda. Otang onangga emas, o‘ynashiga, onang ideali uchunmas, dadang yomon ko‘rgan qo‘shniga ovoz beradi. Amakivachchang, xolavachchang nega u endi nomzod bo‘libdi, mani bolamni nimasi kam undan, deydi hasad aralash.
Saylov uchastkasi joylashgan maktablarda esa, "kelajak bunyodkorlari" besh yilda bir hosil yig‘adi.


- Anaq qisa uka, man siz tomonga hammani og‘dirib berardim, deydi og‘zidan vino hidi anqib uchastka kommissiyasi raisi bo‘lgan o‘zini lokatsiyasini unutgan geografiya o‘qituvchisi. U bu gapni har beshala nomzodga aytib, saylov o‘tguncha gayguy qilib yashaydi. U rais o‘zicha quv, o‘zicha shustriy bo‘ladi. Saylov o‘tguncha kunora otib qolib, maza qilib yashaydi "demokratiya" sahnasida.


Saylov ko‘rmagan kimlardir esa o‘zicha deputat bo‘lsam dunyoni teskari aylantiraman, degancha o‘y-xayol suraveradi.


Aytgancha, deputatlik bu mansab, martaba, rutba emas. Hozirdan, nomzodimni o‘tkazishmayapti, deb jar solmang o‘zicha" publikaga" o‘ynaydiganlar.


Alloh nazar qilmasa, sen o‘zingni "smartgov" bo‘yicha mutaxassis deysanmi, yoki boshqa eshshshaaak bozorga ham dallol bo‘maysan. Parlament sirkka aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi bu zaki xalq. Yo‘l qo‘ymasin ham ilohim.

Akmal Umirzakov

PS. 2014 yili deputatlikka saylangan 38 yashar Akmal Umirzaqovning bu postiga¸ bloger Nozim Safarining o‘z Telegram kanalida 4 sentabr kuni qo‘ygan mana bu posti sabab bo‘ldi.

***

Winter is coming

So‘nggi paytlar ba’zi faol deputatlar kayfiyatida tushkunlik alomatini sezyapman. Aziza Umarovaning umidsizliklari meni o‘ylantirmoqda. Chunki aynan u yarim yilcha oldin faol yoshlar, blogerlar parlamentga kirishlari lozimligini umidbaxshlik bilan gapirib, meni buning imkoni qariyb yo‘q kabi pessimistik qarashimni o‘zgartirgandi. So‘nggi kunlar esa g‘alati signallar kelmoqda. Ja g‘alati ham emas aslida. Biz bilgandik, biz kutgandik.

Ba’zi faol deputatlar va deputatlikka nomzodlar Prezident Mirziyoyev bu yilgi saylovlarda umid yoshlarda ekanligini aytib turgan bir paytda partiyalarga uncha aloqasi bo‘lmagan qandaydir ro‘yxatlar yana bo‘layotganligi va tushunarsizliklar ro‘y berayotganini aytishmoqda. Uzoqdan ochiq ko‘rilgan eshiklar, yaqindan yopiq ko‘rinmoqda.

O‘zimda ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga harakat qilish niyati yo‘q emas edi. Deputatlik dasturini ham tayyorlagan edim biroq, tanlov qiyin bo‘lmoqda. Umarova va qolganlarning pesimistik kayfiyati yaxshi darak emas. Bu yilgi saylovlar ko‘plab savollarga javob bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG