Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:48

OzodTa'sir: Termizlik yolg‘iz onaga kredit berildi, novvoyxonasi ishga tushdi (VIDEO)


Ikki farzandini yolg‘iz tarbiya qilayotganini aytgan termizlik Shohida Abramatova Ozodlikda chiqish qilgach, va’da qilingan imtiyozli kreditni oldi.

Ayolning aytishicha, maqola chiqqanidan so‘ng Surxondaryo viloyat, Termiz tuman hokimligi, "Agrobank"ning tuman filiali va tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari u bilan bog‘lanib, muammolarni tezlikda hal qilgan.

10 sentabr kungi murojaatida Abramatova tuman mutasaddilari va’dasiga ishonib, qariyb 30 million so‘mga ochgan novvoyxonasi kasodga uchraganidan arz qilgan edi.

23 sentabr kuni Ozodlik bilan suhbatda Shohida Abramatovaning aytishicha, shu kunda novvoyxonasi to‘liq quvvat bilan ishlamoqda.

- Ozodlikdagi maqoladan keyin maydan beri berilmayotgan kreditni berishdi. Darrov ishni tikladim. Hozir kuniga 78 ta bulka non, 20 ga yaqin qatlama patir, xot-dog pishirayapman. Mijozlarim ham ko‘payib borayapti. Menga yordam bergan barcha tuman rahbarlariga katta rahmat, - dedi Abramatova.

10 sentabr kungi chiqishida Shohida Abramatova "Agrobank"ning tuman filiali tadbirkorlik uchun 30 million so‘mlik imtiyozli kredit va’da qilgani, ammo 5 oydan beri bermayotganidan arz qilgan edi.

O‘shanda ayol va’daga ishonib, qariyb 30 million so‘mlik qarz bilan biznes boshlagani, oqibatda, kasodga uchraganini aytgandi.

- Hozir ishim yana yurib ketganidan judayam xursandman. Men tez orada o‘zimni tiklab olaman. Kreditdan qutulishim bilanoq avval o‘zim o‘qiyman, keyin qizlarni ham qandolatchilikka o‘qitib, ishimni kengaytiraman, deb niyat qilayapman, - dedi Shohida Abramatova.

Quyida u bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:​

OzodTasir: термизлик ёлғиз онага кредит берилди, новвойхонаси ишга тушди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00
Бевосита линк


Turmushidan ajrashgan Shohida Abramatova maktab yoshidagi bir o‘g‘il va bir qizini yolg‘iz boqadi.

Ayni paytda, bu ayolning uy-joyi ham yo‘q, bolalari bilan ijarada yashaydi.

Shu yil aprel oyida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yordamga muhtoj onalar va nogiron ayollar ijtimoiy himoyasiga oid qaror qabul qilgan.

Qarorda "og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi" tasdiqlangan.

Shuningdek, ushbu qarorda muhtoj ayollarga 2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan na’munaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi belgilangan.

Shohida Abramatovaning aytishicha, Termiz tumani hokimligi uni ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro‘yxatiga qo‘shgan va yordam va’da qilgan.

Abramatova Ozodlikka taqdim qilgan quyidagi videoda uning ishi tiklangan novvoyxonasi bilan tanishishingiz mumkin:

OzodTa'sir: Ёлғиз онага 5 ой кутилган кредитни беришди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:06 0:00

XS
SM
MD
LG