Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:39

Birlashgan Arab Amirliklarining ilk kosmonavti fazoga uchdi


35 yashar Hazzaa al-Mansuriy Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmik stansiyasidan kosmosga ko‘tarildi.
35 yashar Hazzaa al-Mansuriy Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmik stansiyasidan kosmosga ko‘tarildi.

O‘tgan hafta chorshanba kuni Birlashgan arab amirliklarining (BAA) ilk fazogiri Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) uchib ketdi. 35 yashar Hazzaa al-Mansuriy Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmik stansiyasidan uchib ketar ekan, uning hamyurtlari ushbu yutuqni nishonlash uchun Dubayning Muhammad Bin Rashid Fazo markazida to‘plandi.

BAA qurolli kuchlari sobiq uchuvchisi Mansuriy amirliklarning ilk fazogiri hamda XFSga chiqarilgan ilk arabdir. Ammo u XFCga uchgan ilk musulmon emas.

Muhammad Bin Rashid Fazo markazi xodimi Amir Al-G‘afriy Mansuriyning parvozi BAAning fazoni o‘rganish bo‘yicha orzu va niyatlariga erishish sari tashlangan ilk qadam ekanligini aytdi.

- Rejalarimiz va qilinadigan ish juda ko‘p, - dedi G‘afriy.

Mansuriy XFSda sakkiz kun o‘tkazadi. Bu vaqt davomida turli tajribalarni o‘tkazadi.

Mansuriy o‘zi bilan Qur’on nusxasi, BAA bayrog‘i, oilasi suratlari hamda Dubay shayxi Muhammad bin Rashid Al-Maqtum qalamiga mansub kitobni olib chiqdi.

Shayx Muhammad Twitterda “Hazzaa al-Mansuriyning fazoga chiqqani arab yoshlariga rivojalana olishimiz hamda olg‘a qadam tashlashimiz mumkinligini ko‘rsatadi”, deb yozdi.

Fazoga ilk marotaba chiqqan arab saudiya arabistonilik Sulton bin Salmon Al Saud bo‘lib, u 1985 yil AQShning Speys shattlida parvoz qilgan. 1987 yili esa suriyalik havo kuchlari uchuvchisi Muhammad Faris SSSRning “Mir” fazo stansiyasi bortida bir hafta bo‘lgan edi.

BAA Mars orbitasiga uzoqdan boshqariladigan moslama yuborgan ilk arab davlati bo‘lishga bel bog‘lagan. Shuningdek, mamlakat 2117 yilgacha Marsda ilk insonlar manzilgohini barpo etishni rejalashtirmoqda.

XS
SM
MD
LG