Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:30

IIB zobiti: Radikal dindorlar ustidan jiddiy nazorat o‘rnatish topshirildi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Farg‘ona viloyat Beshariq¸ Furqat va O‘zbekiston tumanlari IIB boshliqlariga radikal dindorlar ustidan nazoratni kuchaytirish haqida topshiriq berildi.

Bu haqda Ozodlikka ma’lumot bergan Farg‘ona viloyat huquq-tartibot tizimida ishlovchi zobitga ko‘ra¸ bu ko‘rsatmaga binoan Beshariq tuman Dehqonto‘da qishlog‘ida O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining ta’siriga tushib qolgan turg‘unlar joriy yilnig 10 oktabrida qo‘lga olingan. Zobit necha kishi qo‘lga olinganini aniq ayta olmadi. "10 nafardan ko‘proq" dedi u.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan aynan qanday ayb qo‘yilgani haqida rasmiy ma’lumot xozircha Ozodlikda yo‘q.

Farg‘onalik zobitning iddao qilishicha, viloyat IIB tuman IIBlariga "Diniy jinoyatlar bo‘yicha rezultat qil deb ko‘rsatma bergan".

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida mamlakatda faoliyati taqiqlangan “Hizbut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining bir guruh a’zolari ushlanganini 16 oktabrda xabar qildi.

“Diniy muhitni sog‘lomlashtirish”

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, keyingi kunlarda Farg‘ona¸ Namangan va Andijon viloyatlarida “Diniy muxitni sog‘lomlashtirish” bo‘yicha IIB, MFY va maktab o‘qituvchilari ishtirokida profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazilgan. Yig‘ilishlardan birida yozib olingan audiofayl Ozodlikda mavjud.

Bu audiodan qo‘l telefonlarida diniy radikal va’zlarni eshitayotgan yoshlar IIB tarafidan profilaktik nazoratga olingani tushuniladi.

28 minutlik audioyozuvdagi ovozlar va aytilgan gaplardan uning Andijondagi maktablardan birida bo‘layotgan majlisda yozilgani tushuniladi. Majlis olib boruvchisining gaplaridan u yerda IIB profilaktika inspektori ¸ Xotin-qizlar qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi vakillari qatnashayotganini taxmin qilish mumkin.

IIB profilaktika inspektori sifatida so‘z olgan erkak kishi "Yoshlarning qo‘l telefonlarida diniy va’zlar va maqolalar chiqsa jinoiy javobgarlikka tortilishi" haqida o‘quvchilarni ogohlantiradi.

Ozodlik xuddi shunga o‘xshash yig‘ilish Shahrixon tuman Qalacha MFYsida o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

"Diniy ishlar" yana sudlarga qaytdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida ishlaydigan¸ lavozimida matbuotga gapirish huquqi bo‘lmagani uchun ismi tutilishini so‘ragan mulozimga ko‘ra, "ikki yillik tanaffusdan keyin sudlar yana diniy ayblov bilan bog‘liq ishlarni ko‘ra boshlagan".

Mulozimga ko‘ra¸ diniy ayblovlar bilan sud qilinayotganlar oldingi davrdagi kabi uzoq muddatlarga Ozodlikdan maxrum qilinayotgani yo‘q.

"Jarima¸ ma’muriy qamoq kabi choralar ko‘rilmoqda. Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi sudyasi Nosirjon Rasulov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida «jixodchilar» terroristik guruhiga a’zo bo‘lgan aka-ukalarga jazo tayinlandi. Aka N.E. 4 yil, ukasi A.E. ga esa 2 yilu 5 oy jazo tayinlandi" dedi sud mulozimi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ keyingi bir oy ichida Suriya va Iroq davlatlariga ketish rejasini tuzgan va “O‘zbekiston Islomiy Harakati”, “Islomiy Jihod Ittihodi” va IShID xalqaro terroristik tashkilotlarining jangarilari bilan aloqa o‘rnatgan andijonliklarning o‘ndan ortig‘i ustidan jinoyat ishi ochilgan.

O‘zA aytib - qaytgan ma’lumot

14 oktabrda Ozodlik O‘zbekiston Milliy axborot agentligi -O‘zA shu kuni e’lon qilgan xabarga tayanib, Andijonda yoshi 20 dan 23 gacha bo‘lgan 6 yigit diniy ekstremistlikda ayblanib qamalgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

14 oktabr, kunning ikkinchi yarmida O‘zAning xabari ochilmadi. Ozodlik bergan ishora bosilganda xabar o‘rnida "404 Topilmadi" degan yozuv chiqmoqda. Andijonlik yigitlarning qamalishiga oid xabar 15 oktabr kuni ham ochilmadi.

Biroq google qidiruv tizimi 1 kun oldin O‘zA Ne’matjon O‘rmonov, Nurullo Poziljonov, Doniyorbek va Boburbek Isakovlar, Izatullo Nasriddinov hamda A’zamjon Abdullayevlarga oid xabar e’lon qilganini ko‘rsatmoqda.

8 oktabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi O‘rmonov Ne’matjon No‘monjon o‘g‘lini 6 yilga, Poziljonov Nurullo Muhammadabdullo o‘g‘li va Isakov Doniyor Muhammadjon o‘g‘lini 5 yil 6 oy muddatga, Isakov Boburbek Muhammadjon o‘g‘li, Nasriddinov Izzatullo Abdurasul o‘g‘li va Abdullayev A’zamjon Avazbek o‘g‘lini 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA axborot agentligi yoshi 20 dan 23 gacha bo‘lgan bu 6 fuqaro Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bo‘yicha aybdor topilganini yozmagan.

Agentlikka ko‘ra, oltovlon "jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashib ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan saytlardan materiallar olgan.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga, qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga ochiqdan-ochiq ravishda da’vatlar qilishgan.

Xorijdagi diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik tashkilotlardan moddiy va moliyaviy yordamdan foydalangan holda O‘zbekistondagi barqarorlikni buzish va fuqarolar totuvligiga raxna solish kabi uydirmalarni tarqatish bilan shug‘ullanishgan.

Shuningdek, ular hijrat va jihod qilish maqsadida urush o‘choqlari bo‘lgan Suriya va Iroq davlatlariga ketish rejalarini ham tuzishgan. Islom xalifalik davlatini qurish kabi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashib Afg‘oniston, Pokiston va Suriya davlatlaridagi “O‘zbekiston Islomiy Harakati” va “Islomiy Jihod Ittihodi” xalqaro terroristik tashkilotlarning jangarilar tayyorlovchi lageriga borib qo‘shilishga harakat qilishgan".

Qamoqda jazo o‘tab chiqqan dindorlar yana panjara ortida

O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 16 oktabr kuni mamlakatda faoliyati taqiqlangan “Hizbut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining bir guruh a’zolari ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Xabarda qancha odam qo‘lga olinganiga aniqlik kiritilmagan, biroq ularning aksariyati muqaddam mazkur tashkilotga a’zo bo‘lganlari uchun qamalib chiqqanlari qayd etilgan. Tartib posbonlari qo‘lga olinganlarning o‘zaro jinoiy til biriktirib, aholi orasida noqonuniy targ‘ibot olib borib, “Hizbut-Tahrir” g‘oyalarini tarqatganlari hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan g‘ayriqonuniy hatti-harakatlarni sodir etganlarini iddao qilgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangani va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib, olib qo‘yilgani aytildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda, deyiladi IIV xabarida.

"Maxfiy qaror"

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 4 sentabr kuni 4437m soni bilan rasmiylashtirilgan maxfiy qarori asosida butun mamlakat bo‘ylab yangi maxsus ro‘yxatlar tuzilmoqda.

Maxfiy qaror
Maxfiy qaror

Bunday ro‘yxatlarni tuzish to‘g‘risida Ozodlik ixtiyoridagi maxfiy hujjatga ilova qilingan “Yo‘l xaritasi”da Ichki ishlar vazirligiga aniq topshiriqlar berilgan.

Bu topshiriqlar «diniy mutaassiblik targ‘iboti yoki unga moyilligi bor shaxs va guruhlarni jiddiy nazoratga olishga oid.

Qarorning Ichki ishlar vazirligiga oid bandida keltirilgan vazifalar orasida¸ quyidagi topshiriq ham bor:

“Norasmiy diniy oqimlar safiga kirib qolganlar¸ radikal va ekstremistik oqimlar yetakchilarining shaxsini aniqlash hamda faoliyatiga chek qo‘yish choralarini ko‘radi va amalga oshirilgan tezkor tadbirlar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etadi”.

XS
SM
MD
LG