Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 16:27

Sharg‘unda ishlayotgan xitoylik konchilarning uch mahalliy mardikori avtohalokatda o‘ldi


Sharg‘un ko‘mir konining qariyb 200 nafar ishchisi 14-15 avgust kunlari ish tashlagan edi.

28 oktabr kechqurun O‘zbekiston janubidagi Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tumanida yuk mashinasining daryoga qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.

"Sharg‘unko‘mir" AJ dispetcherining Ozodlikka bildirishicha, avtohalokatga uchraganlar AJ bilan hamkorlik qiluvchi xitoylik konchilarning kunbay ishlovchi mardikorlari bo‘lgan.

Sariosiyo Ichki ishlar bo‘limi xodimining Ozodlikka aytishicha, halokat haydovchining Sharg‘un ko‘mir koni yaqinidagi tog‘li hududda avtomobilni idora qila olmay qolishi natijasida yuz bergan.

Sariosiyo tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachiga ko‘ra, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir kishi kasalxonada vafot etdi.

Guvohlarning aytishicha, 29 oktabr kechqurun avtohalokatga uchragan uchinchi shaxs vafot etdi.

Avtohalokat

Sariosiyo IIB xodimiga ko‘ra, avtohalokat Sharg‘un ko‘mir konidan uncha uzoq bo‘lmagan tog‘li hududda 28 oktabr tunda yuz bergan:

Kon ishchilari ishdan chiqib, yuk mashinasida uyga qaytadigan bo‘lgan. Tog‘li joy, pastga tushadigan yo‘l. Haydovchi mashinani xolostoy qilgan. Kabinada haydovchi va yana bir kishi bo‘lgan, tepada uch kishi bo‘lgan. Keyin mashina tez yurib ketib, haydovchi mashinani idora qila olmay qolgan. Kabinadagilar o‘zlarini yerga otgan. Qolgan uch kishi mashina bilan jardan oqib o‘tuvchi daryoga qulagan".

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, qolgan to‘rt shaxs darhol tuman markaziy kasalxonasiga keltirilgan.

Sariosiyo tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi Murodilla Qodirovning aytishicha, kasalxonaga haydovchi doxil to‘rt kishi 29 oktabr soat 00:40-da keltirilgan.

- Biri bizga reanimatsiyaga keltirilgandan keyin yarim soatlardan keyin o‘ldi. Shofyorning yonidagi o‘zini yerga otgan yigitni, bir sutkalar o‘tib, statsionar nazorat qilib, uyiga javob berdik. Ikkitasi yotibdi, - dedi Murodilla Qodirov.

Uning so‘lariga ko‘ra, kasalxonada yotganlardan bir nafarining ahvoli og‘ir qolmoqda.

- Bosh miya jarohati bor, oyog‘ida sinig‘i bor, belining 2-, 4- umurtqalari singan. Haydovchining bosh miyasi va boshqa joylari jarohat olgan, - dedi tuman bosh vrachi.

Qurbonlar yaqinlaridan biri bemorxonada yotgan uchinchi shaxs 29 oktabr kuni soat 16 larda vafot etganini bildirdi.

Ozodlikning ayni ma’lumotni tekshirish maqsadida Sariosiyo tuman bosh vrachiga qayta bog‘lanish urinishlari natija bermadi.

Xitoylik konchilarning mardikorlari

1954 yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan Sharg‘un ko‘mir konini "Sharg‘unko‘mir"​ aksiyadorlik jamiyati boshqaradi.

"Sharg‘unko‘mir" AJ kadrlar bo‘limi xodimi avtohalokat qurbonlari AJ bilan mehnat shartnomasi imzolamaganini bildirdi.

"Sharg‘unko‘mir" AJ hozirda ko‘mir konida 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan 105,5 million dollarlik loyihani amalga oshirmoqda.

Xitoy bilan hamkorlikdagi ushbu loyihaga ko‘ra, 2021 yildan boshlab bir yilda 900 ming tonna toshko‘mir qazib olinadi.

"Sharg‘unko‘mir" AJ dispetcheri so‘zlariga ko‘ra, avtohalokatga uchragan shaxslar AJ bilan hamkorlik qiluvchi xitoylik konchilarning kunlik yollanma ishchilari bo‘lganlar.

Ular Sharg‘un ko‘mir konidan 5 km uzoqlikda joylashgan G‘aznobod qishlog‘ida istiqomat qilishgan.

Ozodlik suhbatlashgan qurbonlar yaqinlaridan biri baxtsiz hodisa G‘aznobod qishlog‘i aholisining g‘azabini qo‘zg‘atganini aytdi:

"G‘aznobod qishlog‘idan ko‘pchilik xitoylik konchilar bilan mehnat shartnomasiz ishlashadi. Kunbay ishlashadi. Xitoyliklar ularga kuniga taxminan 80 ming so‘m to‘lashadi. Qishlog‘imiz yoshlari "Sharg‘unko'mir" aksionerlik jamiyatidagi mansabdor shaxslarning qing‘ir ishlari kasriga qolishyapti. Bu oddiy xalqning rahbariyatga g‘azabini kuzg‘atyapti".

Sharg‘un ko‘mir konining qariyb 200 nafar ishchisi 14-15 avgust kunlari ish tashlab, "ish haqining nihoyatda ozligi, korxona rahbarlarining g‘ayriqonuniy ishlari, davlat mulklarining talon-toroj qilinayotganiga" norozilik bildirgandi.

Kon ishchilari e’tiroziga "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 24 avgust kuni rasmiy bayonot tarqatib, to‘qqiz mulozimni ishdan olgan edi.

XS
SM
MD
LG