Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:14

Xalqaro yuk tashuvchilar Qozog‘istondan o‘tish muammosida Mirziyoyevga murojaat qildi(VIDEO)


Oktabr oyidan boshlab Qozog‘iston yo‘llarida muzlama boshlandi.
Oktabr oyidan boshlab Qozog‘iston yo‘llarida muzlama boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan videomurojaatida andijonlik Sardorbek Madumarov o‘zining Rossiya¸ Ukraina¸Moldova¸ Belarus¸ Litva¸ Polsha kabi davlatlarga yuk tashuvchi o‘zbekistonliklar nomidan gapirayotganini aytadi.

Ozodlikka 7 noyabr kuni yuborilgan murojaatda Madumarov¸ bu davlatlarga yuk tashishning Qozog‘iston hududidan o‘tishi va tranzit muammosi o‘zi va kasbdoshlarini qattiq qiynayotganini tushuntiradi.

Qish mavsumida Qozog‘iston cho‘llaridan besh kun ichida o‘tib bo‘lmasligini aytgan haydovchi¸ O‘zbekiston Transport vazirligi va Prezident portalini muammoga yechim so‘rab qilingan murojaatlarni javobsiz qoldirganlikda ayblaydi.

O‘zbekiston Transport vazirligi¸ Xalqaro yuk tashuvchilar assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi namoyandalari Ozodlikning bu videomurojaatga munosabat bildirish so‘rovini javobsiz qoldirdi.

Qozog‘iston Transport qo‘mitasi rasmiylari esa o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarning mamlakat hududidagi tranziti Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilayotganini bildirdi.

Prezidentga videomurojaat

O‘zini Andijon viloyati Bo‘z tumanida yashovchi yuk mashinasi haydovchisi Sardorbek Madumarov deb tanishtirgan yosh yigit prezident Mirziyoyevga “O‘zbekistondagi jamiki xalqaro yuk tashuvchi shofyorlar nomidan gapirayotganini”aytadi.

Ўзбекистонлик юк ташувчилар номидан президентга мурожаат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:37 0:00

Hozirgi kunda bizni qiynayotgan muammolardan biri¸ mana hozir Qozog‘istonda katta qor yog‘ib¸ yo‘llar bekilib qoldi¸ yo‘llar muzlama. Qozog‘iston migratsionniy kartaga¸ ya’ni Qozog‘istonning bu boshidan u boshigacha o‘tib ketishimiz uchun bizga srok qo‘yayapti. Bu srok besh kun. Yo‘lda har xil holat bo‘ladi¸ besh kun muddat umuman yetmayapti shofyorlarga. Hozirgi kunda mana yo‘l bekilib 6-7 kun qolib ketdi shoferlar¸ srogi o‘tib bo‘ldi. O‘zbekiston chegarasiga yetganda Qozog‘iston tamojnyasi shtraf solayapti – 45 ming¸ 50 ming¸ 60 ming tengegacha. Bu degani 150 dollarga yaqin pul bo‘ladi”¸ deydi haydovchi Sardorbek.

Rossiya hududida mashina haydab ketayotib gapirgan Sardorbek¸ o‘zi va kasbdoshlari bu muammoga yechim topishni so‘rab O‘zbekiston Transport vazirligining Telegramda maxsus ochilgan kanaliga ko‘p marta murojaat qilganini ta’kidlaydi.

Mintrans shoferlarga maxsus gruppa ochib bergan Telegramda. Shoferlarni eshitamiz¸ nima muammolaring bor¸ degan ma’noda. U gruppada ves O‘zbekiston bo‘yicha shoferlarimiz o‘zining muammolarini aytayapti¸ aytayapti¸ lekin hech narsa hal bo‘lmayapti! Umuman hech narsa hal bo‘lmayapti! Ko‘rib chiqayapmiz deyapti¸ bo‘ldi. Nima sababdan ochdi bu gruppani bilmayman!”¸deb davom etadi yosh haydovchi.

Transport vazirligidan umidini uzgan o‘zbekistonlik haydovchilar¸ Madumarovga ko‘ra¸ prezident nomiga xat ham yozgan.

Sizga yetib borgani yo‘q yozgan xatlarimiz. Nimaga qopketayapti yo‘lda – tanish-bilish bo‘lib qopketayapti¸ bekil-bekil bo‘layapti hammasi”¸ deb izohlaydi bu samarasiz urinishlarni haydovchi.

Mirziyoyevga qilgan videomurojaatida Sardorbek Qozog‘istondagi tranzit muammosidan tashqari pereval (aftidan Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan Qamchiq dovoni nazarda tutilmoqda – tahr.) dagi tarozi muammosini ham hal qilib berishni so‘raydi.

Ozodlik 7 noyabr kuni Sardorbek Madumarovning o‘zi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘la olmadi.

Ammo bu videomurojaatni Ozodlikka yuborgan o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchilar¸ uni yuzlab haydovchilar nomidan qilingan so‘rov sifatida jamoatchilikka taqdim etish¸ birinchi galda esa¸ muammoga prezident va Transport vazirligi e’tiborini jalb qilishda yordam so‘radi.

Transport vazirligi “aloqadan tashqarida”

7 noyabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi mulozimlari¸ xususan¸ matbuot xizmatiga ajratilgan telefon raqamlariga kun davomida hech kim javob qilmadi.

Shu bois aynan shu kabi muammolarga yechim topish iddaosi bilan yangi tashkil etilgan bu vazirlikdan haydovchilar so‘rov-savollariga javob topishning imkoni bo‘lmadi.

Xalqaro yuk tashuvchilar assotsiatsiyasi(AsMAP)ning O‘zbekistondagi vakillari ham Ozodlikning videomurojaatiga munosabat bildirish so‘rovini javobsiz qoldirdi.

Qozog‘iston Sanoat va infrastrukturani rivojlantirish vazirligi huzuridagi Transport qo‘mitasi rasmiylari esa¸ haydovchilar tilga olgan muammoning Ichki ishlar vazirligi vakolatida ekanini bildirish bilan cheklandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yuk mashinalarida xalqaro tashuvlarga oid maxsus kelishuv yo‘q. Haydovchilar aytgan muammo migratsiya kartasiga taalluqli. Qozog‘iston hududiga kirgan o‘zbekistonliklarning vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishi uchun 5 kun muhlat berilgan. Ro‘yxatdan o‘tmasa¸ chegaradan chiqishda jarima solinadi. Bu bizning kompetensiyamizga kirmaydi”¸ dedi qo‘mitaning Ozodlik gaplashgan mulozimi.

O‘zbekistonlik haydovchilar ahvoli

O‘zbekiston transport tizimiga yaqin mulozimlardan biri Sardorbek Madumarov videomurojaatini ko‘rib chiqib¸ shunday fikr bildirdi.

Avtotransportning tepasida bu sohani umuman bilmaydigan odamlar o‘tiripti. Avtotransport bo‘yicha vazir o‘rinbosari Dehqonov avtotransport sohasida 0. Bir umr temir yullarda ishlagan odam. Mintrans avtotransportchilar uchun emas¸ ularga qarshi ishlaydi. Ulardan so‘raladigan litsenziyalar, qanaqadir keraksiz o‘qishlar¸ hammasi kimlarningdir cho‘ntagini to‘ldirish uchun o‘ylab chiqilgan. Haqiqiy muammolarga kelganda¸ hech kim ishlashni xohlamaydi. Faqat postsovet davlatlari emas¸ Turkiya¸ Erondan tranzit ham xuddi shunday ahvolda. Ularning yuk mashinalari O‘zbekistonda 3 oy turishi¸ yo‘lda istagancha maishat qilishi mumkin. Lekin O‘zbekiston yuk mashinalari Erondan 7 kun¸ Qozog‘iston va Belarusdan 5 kun ichida chiqib ketishi shart. Hamma davlatda o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarni qiynashadi¸ ta’magirlik¸ zo‘ravonlik qilishadi¸ lekin hukumat darajasida ular manfaatini himoya qiladigan hech kim yo‘q”¸ deydi Transport vazirligini bu sohadagi islohotlarning eng katta to‘sig‘i deb atagan Ozodlik suhbatdoshi.

Bu mulozim avtotransport sohasida qilinishi lozim islohotlarga oid qator qaror va qonun loyihalari ishlab chiqilgani¸ ammo ular qabul qilinmay¸ qabul qilingani esa¸ amalga oshmay qolayotganini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG