Линклар

Шошилинч хабар
24 октябр 2020, Тошкент вақти: 11:45

"Janob hokim, majburiy mehnatni ulug‘labsiz, bolangiz paxta terishga tayyormi?"


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Anvar Nazir 20 noyabrda Feysbukdagi sahifasida e’lon qilgan post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Toshkent hokimi majburiy mehnatni, aniqrog‘i qullikni ulug‘lab chiqdi. Milliy qadriyatimiz emish bu.
Izoh mendan:

1. Birinchidan janob hokim "it ham tagini dumi bilan tozalaydi" degan gapingiz o‘rinsiz - odamlarimiz yashash joylarini hali ham tozalashadi janob hokim. It esa jamoat joylarini dumi bilan tozalamaydi, hali ham)) . Buni angladingiz deb umid qilaman).

2. Agar shu majburiy mehnat qadriyatimiz ekan, demak sizning va qolgan amaldorlarimizning yaqinlari, bolalari xasharda doim qatnashishga tayyormi? paxta dalalariga chiqishga? ko‘chalarni supurishga? siz eslaganizdek, qorni lapatalar bilan tozalashga, qor bor joylarga borib? shularga tayyormi? yoki bu "qadriyat" faqat shifokorlar, o‘qituvchilar uchun majburiyatmi?

Instagramlarini, qimmat hayotini tashlab yaqinlaringiz doimiy shu majburiy mehnatda, xasharlarda faol qatnashsin, aytilgan majburiyat qadriyatimiz ekan.

3. Katta Farg‘ona kanalini eslash bugun moda. Ammo tarix bu aniq fan- shu "buyuk ishlarni" aslida, asosan begunoh, katag‘on qurbonlari qullar sifatida amalga oshirishgan. Haqiqiy qadriyat bu borib shu kanal bo‘yida katag‘on qurbonlariga bag‘ishlab Qur’on o‘qib, yurtga ehsonlik qilish.

4. Janob hokim! iltimos bilib oling! Asli Milliy qadriyat esa, normal va farostali insonlar uchun, bu Tarix, Madaniy merosimiz, Tilimiz!

5. Jurnalistlar emas, Prezident, Davlat shu majburiy mehnatga qarshi qarorlar chiqazdi! siz esa shu Prezidentning qo‘lida ishlaysiz .Demak Prezidentning, Davlatning bu siyosatiga siz qarshimisiz?).
Unda iltimos, Janob Prezident, Parlamentimiz palatalarining Spikerlar Janoblari, Janob Bosh Vazir Boshkent hokimmining bu muxolif qarashlariga bu jiddiy masala bo‘yicha izzoh berishsin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG