Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:00

Itga haykal qo‘yiladi. Berdimuhamedov haykalning yangi variantini tasdiqladi


Haykal loyihasi taqdimotidan yozib olingan videodan olingan kadr.
Haykal loyihasi taqdimotidan yozib olingan videodan olingan kadr.

Ashxabod meri Shamuxammet Durdildiyev “prezident tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgani” holda itning turkman alabayi zotiga o‘rnatiladigan haykalning yangi variantini taqdim qildi.

Bu haqda xabar qilgan "Xroniki Turkmenistana" axborot agentligiga ko‘ra,loyihada haykal supasining diametri 36 metr, balandligi esa 9 metr bo‘ladi. Itning o‘zi esa olti metr bo‘lib, supaga oltin harflar bilan: Turkmen Alabayy deb yoziladi. Yozuv prezidentning shu it haqidagi kitobi muqovasidagi shrift va rangda yoziladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov yodgorlikning yangi variantini ma’qulladi, deb xabar qildi agentlik. Berdimuhamedov alabayga bag‘ishlangan kitobni 2019 yil sentabrda yozdi. Kitobda Turkmaniston rahbari tomonidan yozilgan quyidagicha she’r ham bor:

U asrlar va yillarni biladi,
Davrlarni bog‘lar turkman alabayi.
Uning shuhrati juda ham baland,
Qadrlanar turkman alabayi.

Gilam ham, otlar ham yuz yillardan beri –
Ota-bobolarimiz vasiyati va da’vati.
Zafarlar va g‘alabalar ramzi,
Etalondir – turkman alabayi.

Bu she’rga musiqa bastalandi, qo‘shiq televidenieda harbiy xor tomonidan kuylandi. Alabayga yodgorlik 2020 yilda Ashxabodda o‘rnatilishi kutilmoqda.

Turkman alabayi — O‘rta Osiyo ovcharkasining zoti: bu it cho‘ponlar tomonidan chorvani qo‘riqlashda va hayvonlarni yirtqichlardan himoya qilishda ishlatilgan. Itning bu zoti bo‘yi 70 sm va og‘irligi 80 kg ni tashkil qiladi, juni qalin bo‘lgani bois sovuqqa chidamli.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG