Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:09

IIV yo‘l-patrul postlari qayta tiklanayotganini kriminogen vaziyat bilan izohladi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida xavfsizlikni ta’minlashni samarali tashkil etish maqsadida, ayrim hududlarda vaqtinchalik yo‘l-patrul va patrul-post xizmati postlari tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning bu bayonotini O‘zA axborot agentligi xabar qildi.

Vazirlikning bu bayonoti Ozodlik 2 dekabrda e’lon qilgan "Mirziyoyev olib tashlattirgan yo‘l-patrul postlari qayta tiklanmoqda" sarlavhasi ostidagi maqola ortidan paydo bo‘ldi.

Ozodlik o‘z maqolasida Farg‘ona-Vodil, Farg‘ona-Avval yo‘llarida avval mavjud bo‘lib, keyinchalik prezidentning farmoyishi bilan olib tashlangan nazorat postlari qayta tiklangani, bunday ahvol mamlakatning boshqa viloyatlarida ham kuzatilayotgani xabar qilgan edi.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovga ko‘ra, "yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda, o‘rnatilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yo‘l-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud".

Vazirlik rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 377-son qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bo‘lgan 133 ta yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59 tasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

  • O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida (2017 yil, 22 dekabr) behisob yo‘l-patrul postlari turizmni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgani va oddiy odamlarni qiynab yuborayotgani haqida gapirgan edi:
  • "Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrulь postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi" degan edi Shavkat Mirziyoyev .
XS
SM
MD
LG