Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 14:25

Imon Karimova onasining qamoq muddati "beshinchi marta uzaytirilganini" iddao qildi


Imon Karimovaning 3 dekabr kungi posti.

O‘zbekiston Birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga berilgan qamoq muddati yana bir marta uzaytirilgan.

Bu haqda uning Londonda yashayotgan qizi Imon Karimova o‘z Instagram sahifasida yozdi.

Ayni paytda Imon Karimova qamoq muddatining qachon¸ kim tomonidan¸ qanchaga uzaytirilgani haqida ma’lumot bermadi.

Grajdanlar va jurnalistlardan tushayotgan savollar oqimining kuchayishi munosabati bilan komandamiz Gulnora Karimovaga qarshi siyosiy motivlarga asoslangan ishga oid to‘liq ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlaydi”¸ deb taqdim etdi 3 dekabr kungi so‘nggi postini Imon Karimova.

Uning iddaosicha¸ O‘zbekiston hukumati Gulnora Karimovani “ayblovlar ostida cho‘ktirish” uchun noqonuniy metodlarni ishga solmoqda va e’lon qilinadigan tafsilot va faktlar ana shu usullarni fosh qilishga qaratiladi.

Imon Karimovaga ko‘ra¸ borayotgan tergovning bosh maqsadi O‘zbekistondagi barcha iqtisodiy va ijtimoiy muammolar uchun Gulnora Karimovani ayblashdir.

"Bu O‘zbekiston hukumatining Karimova qamoq jazosini beshinchi marta uzaytirishidirdegan Imon "joriy hukumatdagilar onasining o‘zlariga oid haqiqatni oshkor qilishidan qo‘rqib¸ uni mutlaq izolyatsiyada saqlayotganini" yana bir bor ta’kidlaydi.

Yaqinda ishga (Gulnora Karimova ishi nazarda tutilmoqda – tahr.) “maxfiy” degan maqom berildi va bunday qarorga asos bo‘lgan sabablarga mutlaq izoh berilmadi. Buning¸ hatto advokatlarning ishga oid materiallar bilan tanisha olmasligi sabab ilgari surilishi mumkin har qanday ehtimoliy himoyaga xalal berishini hamma tushunib turipti. Lekin konstitutsiyaga mutlaq zid bunday holat birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Shu tarzda advokatlar¸ hatto eng yaqin qarindoshlari ham Gulnora Karimovaning ishi va salomatligiga oid ma’lumotdan mosuvo qoldi. So‘nggi xabarlarga qaraganda¸ uning ahvoli o‘ta og‘ir”¸ deb yozdi Imon Karimova.

Gulnora Karimovaning qizi¸ onasining salomatligi yomonlashuvi “hukumatga qo‘l kelishi”ni ta’kidlay turib¸ bu mavzuning yaqin kunlarda keng yoritilishini ham va’da qiladi.

To‘rt kun avval Imon Karimova Instagram tarmog‘idagi iman.k17 sahifasini bundan so‘ng “yuristlar¸ akasi (Londonda yashayotgan Islom Karimov) va komanda” yurg‘izishini ma’lum qilgan edi.

Gulnora Karimovaning shveysariyalik xususiy advokati Gregoire Mangeat esa¸ 25 noyabr kungi tvitida o‘zining Gulnora Karimova bilan ko‘rishishiga bundan so‘ng ruxsat berilmasligi¸ O‘zbekistonga yuborilgan so‘nggi so‘rovlarning barchasi rad etilganini xabar qilgan edi.

16 sentabr kuni Karimova o‘z Twitter sahifasida mijozi ustidan yana bir maxfiy mahkama boshlanganini xabar qilgan bo‘lsa¸ ayni o‘sha kuni Imon Karimova Shavkat Mirziyoyev hokimiyatini yaqin kunlarda mamlakatdagi korrupsiyaga oid faktlarning jahon va O‘zbekiston jamoatchiligiga oshkor qilinishidan ogohlantirgan edi.

​“Kelayotgan bir necha kun ichida har bir xalqaro sud va korrupsiyani tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi mashhur xalqaro kompaniyalarga yuboriladigan hujjatlar joriy hokimiyatning onam va bizning qo‘limizdagi faktlardan nega qo‘rqishini qisman (hozircha boshlanishi) ko‘rsatadi. Garchi o‘rtamiyona blogerlardan bir nechtasini olib kelish orqali¸ bunga urinib ko‘rishlari mumkin bo‘lsa-da Xalq e’tiborini bu ma’lumotlar chiqishidan chalg‘itib bo‘lmaydi ”¸ deb yozdi Imon Karimova o‘z sahifasida.

Joriy hukumatdagilarning korrupsiyaga aloqadorligini ko‘rsatishi iddao qilingan faktlarning kimlarga oid ekani¸ ularning tahdid qilingani kabi¸ xalqaro sud va nufuzli tashkilotlarga yuborilgan-yuborilmagani haqida hozircha Imon Karimova xabar berganicha yo‘q.

Joriy yil avgustida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani haqida rasmiy bayonot bergan edi.

2014 yildan beri qamoq jazosini o‘tayotgan Gulnora Karimovaning hozirga qadar qancha muhlatga ozodlikdan mahrum qilingani¸ advokat Gregoire Mangeat ta’kidicha¸ hatto unga ham ma’lum emas.

Karimova “komanda”si uzayib borayotgan tergovning qachon tugashiyu¸ Karimovaga berilgan jazo muddatining aniq qachon tugashini aniq belgilamaslik amaliyotini unga nisbatan atayin olib borilayotgan “psixologik hujum” sifatida baholagan.

XS
SM
MD
LG