Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2020, Тошкент вақти: 16:05

Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlarini Rossiya shirkatiga berishga oid muzokaralar "boshi berk ko‘chaga kirgan"


"Novaport" Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlarini 30 yildan ko‘proq muddatga o‘z nazoratiga olmoqchi.

Moskvada joylashgan «Novaport» kompaniyasining Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari boshqaruvini qo‘lga olish masalasida Toshkent bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirgan.

Bu haqda Rossiyaning «Kommersant'» gazetasi muzokaralarga bevosita aloqador anonim manbasiga tayanib xabar qildi.

Bu muzokaralar haqida Ozodlik joriy yilning 6 iyun kuni Toshkent mulozimlari va aviatsiya mutaxassislariga tayanib xabar bergan edi.

Rossiya nashrining 5 dekabr kuni yozishicha¸ Toshkent hukumati «Novaport»ning bu aeroportlarni 30 yillik ko‘proq muddatga konsessiya asosida berish so‘roviga rozi bo‘lmagan.

O‘zbekistondagi turizm markazlari sanalgan shaharlar xalqaro aeroportlari boshqaruvining imi-jimida¸ ochiq tenderlarsiz asl egasi yashirin Rossiya kompaniyasiga berilish ehtimoli aviatsiya xavfsizligi¸ qolaversa¸ moliyaviy-iqtisodiy ochiqlik masalasida xavotirlarga sabab bo‘lgan edi.

Toshkent va «Novaport» o‘rtasidagi qariyb bir yillik muzokaralarning samarasiz tugayotgani va tomonlar kelishmovchiligining asl sabablari haqida Ozodlik hozircha mustaqil ma’lumotga ega emas.

«Hukumat aeroportlarga boshqa boshqaruvchi izlashga kirishdi»

Rossiya nashrining yozishicha¸ «Novaport» shirkati qo‘ygan shartlarni qabul qilmagan Toshkent hukumati¸ joriy oy Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari boshqaruvi uchun yangi investor qidirishga kirishgan.

"Kommersant ʹ" Yaponiyaning Sumitomo Corporation guruhini ehtimoliy yangi investor sifatida tilga oladi.

«Novaport» hozircha O‘zbekiston aeroportlarini olish uchun qo‘yilgan shartlarga rozi bo‘lmayotir. Muzokaralardan xabardor “ʹ” manbalarining aytishicha¸ «Novaport» bilan O‘zbekiston Investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasidagi so‘nggi so‘zlashuvlar ikki oycha oldin bo‘lgan va konsessiya muddati masalasida to‘xtab qolgan. “ʹ” ixtiyoridagi ma’lumotga ko‘ra¸ «Novaport» uchala O‘zbekiston aeroportini 30 yildan ko‘proq muddatga olmoqchi¸ mahalliy hukumat vakillari esa¸ bunga mutlaqo ko‘nmayotir»¸ deb yozdi Rossiya nashri.

«Novaport» aksiyalarining kontrol paketiga egalik qiluvchi AEON holdingi mulkdorlaridan biri Trotsenko Rossiya nashriga ¸ «Novaport»ning Toshkent bilan muzokaralardan chiqmaganini bildirgan.

«O‘zbekiston aeroportlariga qiziqish hamon saqlanib qolmoqda»¸ degan jumladan Trotsenko.

«Novaport» va uch aeroport savdosi

Joriy yilning 6 iyun kuni Ozodlik suhbatlashgan “Novaport” rasmiysi holding va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlarini modernizatsiya qilishga oid hamkorlik asoslari belgilangan kelishuvning 30 may kuni Toshkentda imzolanganini aytgan edi.

"Dastlabki kelishuvga holding rahbari Roman Trotsenko va O‘zbekiston Transport vazirining 1-o‘rinbosari Ilhom Mahkamov bosh vazirlar ishtirokida qo‘l qo‘yishdi. Lekin bu hali memorandum darajasidagi kelishuv¸ xolos. Hozir konsalting kompaniyalari loyihaning iqtisodiy taraflarini o‘rganib¸ xulosa beradi. Shundan keyin huquqiy majburiyat yuklatilgan yakuniy hujjat imzolanadi"¸ degan edi 6 iyun kuni "Novaport" mutasaddisi.

Ozodlik suhbatdoshi¸ O‘zbekiston aeroportlarining aynan qancha muddatga olinishiga oid savolga "hozircha aniq javob bera olmasligi"ni aytgan edi.

O‘zbekistondagi barcha aeroportlar boshqaruvi davlatga qarashli va qarzga botgani aytib kelinayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi vakolatida.

Hukumat bu aeroportlarni xorij kompaniyalari boshqaruviga o‘tkazish rejasini ochiqlamagan¸ bu aeroportlarga da’vogarlik qilishi mumkin shirkatlar uchun ochiq tender ham o‘tkazmagan.

Ayni paytda¸ davlatga qarashli strategik ob’ektlar boshqaruvining nega aynan Rossiyaning «Novaport» kompaniyasiga berilishi haqida ham jamoatchilikka hozirga qadar lom-mim demagan.

«Novaport» haqida

2007 yili ta’sis etilgan «Novaport» kompaniyasi aksiyalarining yarmi rossiyalik oligarx Roman Trotsenko aktivlarini boshqaradigan AEON Corporation¸ qolgan yarmi esa¸ Qozog‘istondagi Meridian Capital investitsiya kompaniyasiga qarashli.

Bu ikkala ta’sischi «Novaport» holdinggiga 2005 yili Qibrisda ro‘yxatga olingan T.S. Trans Siberia Co Limited kompaniyasi orqali egalik qiladi. Bu offshor shirkatning asl egalari esa¸ sir tutiladi.

Rossiya va xalqaro aviatsiya biznesiga aloqador tadbirkorning Ozodlikka aytishicha¸ «Novaport» Kremlga aloqador oligarxlarga tegishli holding hisoblanadi.

Novaport» egasi Roman Trotsenko¸ «Rosgazneft» boshqaruvi raisi Igor Sechinning o‘ng qo‘li - bir necha yil uning maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Sechin esa¸ Putinning o‘z qo‘li. «Novaport» Rossiyadagi ikkinchi darajali aeroportlarni boshqaradi¸ kompaniya katta qarzga botgan.«Novaport»ning asosiy ta’sischisi Qibrisda¸ asl egasini hech kim bilmaydi¸ faqat Kremlga aloqadorligi taxmin qilinadi. O‘zbekistondagi uchta aeroport tender o‘tkazilmay turib¸ ana shu qarzdor holdingga berilayapti»¸ degan edi Ozodlik bilan gaplashgan aviatsiya sohasi mulozimi.

5 dekabr kuni Ozodlik qayta bog‘langan ayni mulozim¸ «Novaport» bilan muzokaralarning boshi berk ko‘chaga kirgani ortidan asosiy sabab¸ bu shirkat ixtiyorida uchala aeroport modernizatsiyasi uchun zarur yarim milliard dollarning borligiga oid shubhalar ekanini bildirdi.

Ular jannatga bepul kirmoqchi. Bizning bozorimizga cho‘ntagidan bir tiyin chiqarmasdan kirmoqchi. Shunga kelishuv o‘xshamayapti”¸ deb izohladi joriy vaziyatni Ozodlik gaplashgan Toshkent mulozimi.

“Kommersant ʹ” gazetasi gaplashgan “VTB Kapital» guruhi tahlilchisi Yelena Saxnova birgina Samarqand aeroportiga kiritilishi lozim sarmoyaning 300-500 million dollar atrofida bo‘lishi lozimligini taxmin qilgan.

Rossiya mintaqalarida 16 ta aeroport egasi sanalgan “Novaport” shirkati¸ aytilishicha¸ 2022 yilgacha Novosibirsk aeroportga 8,4 mlrd rubl., Volgograd aeroportiga 4,4 mlrd rubl., Kaliningrad aeroportiga esa 4,1 mlrd rubl mablag‘ yotqizish mas’uliyatini zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG