Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:25

Kosonda 11 sinfda o‘qiydigan bola o‘z uyidagi turnikka osilgan holda topildi


O‘z joniga qasd qilgan bola shu maktabda o‘qigan
O‘z joniga qasd qilgan bola shu maktabda o‘qigan

Qashqadaryo viloyat, Koson tumanidagi 91-maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 17 yashar B.N. 6 dekabr kuni uyidagi turnikdan osilgan holda topilgani to‘g‘risidagi xabarni tuman ichki ishlar bo‘limi mulozimi tasdiqladi va bu fojia sabablarini prokuratura o‘rganayotganini aytdi.

Marhum yaqinlarining aytishicha, maktabda yaxshi o‘qiydigan, sport bilan muntazam shug‘ullangan bolaning o‘z joniga qasd qilishi barchani karaxt qilib qo‘ygan.

Kosonliklardan birining Ozodlikka xabar qilishicha, tumanning Bayg‘undi MFY hududida yashagan, 2002 yilda tug‘ilgan, 91-maktabning 11-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan.

Repetitor olib o‘qishga tayyorlanib yurgan edi.

“Ertalab soat oltilarda onasi tashqariga chiqsa, o‘g‘li turnikda bo‘ynidan osilib turgan ekan. Sintetik ro‘moldan sirtmoq qilib, tagiga bir temir qo‘yib va uni tepib yuborib, o‘zini osibdi. Judayam yaxshi bola edi. Militsiya akademiyasiga o‘qishga boraman deb sport bilan muntazam shug‘ullanardi. Repetitor olib o‘qishga tayyorlanib yurgan edi. Militsiya akademiyasiga o‘qishga kirish uchun bo‘yi ikki santimetr yetmay turgan ekan. Shunga uyiga turnik qurdirib olgan ekan. Bu voqeadan hamma shokka tushib qoldi”.

Bayg‘undi MFY raisi To‘ychi Xolmo‘minovning aytishicha, bolaning oilasi o‘rtamiyona yashagan:

Birov bilan bir marta urishmagan, maktabda ham yaxshi o‘qir edi.


“Mahallamizdagi birovdan kamchiligi yo‘q oddiy oilaning bolasi edi. Oilada uchinchi farzand, ikki akasi va bir singlisi bor edi. Birov bilan bir marta urishmagan, maktabda ham yaxshi o‘qir edi. Hozirgina shuni muhokama qildik. Hech bir sabab yo‘q. Bizning davrimizda bunaqa osish-osishlar umuman yo‘q edi, bilmadim hozir bunday holatlar ko‘payib bormoqda. Hamma hayron”.

Koson tumani ichki ishlar bo‘limining mulozimi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi va voqeani tuman prokuraturasi o‘rganayotganini aytdi.

Ozodlik joriy yilda o‘z joniga qasd qilgan o‘nlab maktab-kollej o‘quvchilari haqida xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrdagi hukumat majlisida mamlakatda suiqasd holatlari "soat sayin" ortayotganini aytgandi.

Joriy yildan prezident farmoni bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

XS
SM
MD
LG