Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:34

Rashitjon Qodirov haqida Mirziyoyev 1,5 yil oldin va’da qilgan film namoyishi nega kechikayapti?


"Girdob" filmidan olingan kadr.
"Girdob" filmidan olingan kadr.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovni sud hukm chiqarmay turib¸ “qip-qizil o‘g‘ri” deb atagan va 2018 yilning 19 mayida “ikki-uch oy ichida televideniye orqali o‘zini gapirtiraman” deb va’da bergan edi.

"MTRKning ijodiy va texnik guruhi a’zolari tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuv" tayyorligi va u barcha kanallarda namoyish qilinajagi to‘g‘risida shu yilning avgustida mahalliy nashr xabar qilgan.

Biroq Prezident va’dasidan 1,5 yil, film tayyor bo‘lgani to‘g‘risidagi xabar chiqqanidan beri 3 oydan ortiq vaqt o‘tsa hamki, film namoyish qilinmadi. Xo‘sh, nega? Ozodlik bu savol javobining bir versiyasini topdi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ mamlakat rahbarining topshirig‘idan so‘ng Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi MTRK bilan hamkorlikda “Rashitjon Qodirov boshchiligidagi jinoiy to‘da” haqida maxsus film suratga olishga kirishgan.

Prokurorning qo‘lga olinishi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov 2018 yil, 22 fevralda hibsga olinib¸ 2019 yil, 26 iyunda 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qodirov¸ pora olish, pora berishga vositachilik qilish, firibgarlik¸ soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash¸ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Qodirov bilan ayni mahkamada prokuratura va MXXning jami 12 sobiq yuqori lavozimli amaldori ustidan hukm o‘qildi.

Film mazmun-mohiyati qanday?

Filmni bevosita ko‘rgan Ozodlik suhbatdoshining aytishicha¸ 70 daqiqalik videomaterial “Girdob” deb nomlanadi va unda Qodirov va u bilan sudlanganlarning deyarli hammasi o‘z qilmishiga iqror bo‘ladi.

O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov "Girdob" filmida o‘z jinoyatlariga iqror bo‘ladi.
O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov "Girdob" filmida o‘z jinoyatlariga iqror bo‘ladi.
S’yomka qariyb bir yilga cho‘zilgani uchun¸ u har-xil joy -IIV podvali¸ tergov xonasi¸ Zangiota qamog‘ida olindi.

Filmga ssenariyni Komiljon Shamsiddinov yozdi. Qodirov va boshqa sudlanganlar bilan ham uning o‘zi suhbatlashdi. S’yomka qariyb bir yilga cho‘zilgani uchun¸ u har-xil joy -IIV podvali¸ tergov xonasi¸ Zangiota qamog‘ida olindi. Filmda sudlanganlardan tashqari Qodirov va uning to‘dasidan ziyon ko‘rgan tadbirkorlar ham gapiradi. Ulardan biri o‘z biznesiga qarshi uyushtirilgan "maski-shou" haqida aytib beradi. Film davomida Qodirov tadbirkorning gapini tasdiqlaydi¸ bu jinoyatlarga iqror bo‘ladi” dedi Ozodlik suhbatdoshi.

“Girdob” filmi oxirida Rashitjon Qodirov va uning “jinoiy sheriklari” o‘z qilmishlari uchun pushaymonligini aytib¸ prezident va xalqdan kechirim so‘raydi" deb qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

Maqolani tayyorlash jarayonida Ozodlik muxbiri filmni ko‘rish imkonini topmadi, biroq filmdan olingan bir qator kadrlarni ko‘rdi va ularni ushbu materialga illyustratsiya sifatida ilova qildi.

2018 ning bahoridagi ma’lumotlar

2018 yil mayida Rashitjon Qodirovning salomatligi yomonlashib¸ Sangorodga o‘tkazilgani haqida Ozodlikka xabar yuborgan Ichki ishlar vazirligi zobiti¸ sobiq bosh prokurorning televideniye orqali barcha ayblovlarga iqror bo‘lish hamda prezident va o‘zbek xalqidan kechirim so‘rashga rozilik bildirganini aytgan edi.

Rashitjon Qodirov televizordan chiqib hamma ayblarni bo‘yniga olishga, prezidentdan va xalqdan kechirim so‘rashga rozi bo‘lgan.

"Rashitjon Qodirov televizordan chiqib hamma ayblarni bo‘yniga olishga, prezidentdan va xalqdan kechirim so‘rashga rozi bo‘lgan. Aybiga iqror bo‘lish bilan u jazo muddatining ozayishiga umid qilayapti," degan edi o‘shanda Ichki ishlar vazirligi zobiti.

Asosiy savol javobi

Rashitjon Qodirov va “uning jinoiy to‘dasi” haqidagi film ustidagi ish 2018 yil kuzidan 2019 yil yoziga qadar davom etgan.

Film namoyishi kechikayotganini Ozodlikka uni bevosita ko‘rgan va film ustidagi ish jarayonidan xabardor mulozim izohlar ekan, bunday dedi:

Film ustidagi ish tugallanib¸ rozilik olinishi uchun prezidentga taqdim etilgan edi. Shu ketgancha javob yo‘q.

Shu yil avgust oyida mahalliy matbuot film tayyor bo‘lgani va yaqin kunlarda “O‘zbekiston 24” telekanalida ko‘rsatilishi haqida xabar bergan edi. O‘shanda film ustidagi ish tugallanib¸ rozilik olinishi uchun prezidentga taqdim etilgan edi. Shu ketgancha javob yo‘q. Nega kechikayotgani haqida aniq javob yo‘q»¸ dedi Ozodlik gaplashgan mulozim.

Ozodlik “Girdob” filmi¸ qolaversa¸ uning nega prezident va’da qilgan kabi xalqqa ko‘rsatilmayotgani haqidagi savollarga uning muallifi Komiljon Shamsiddinovdan izoh olishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati telefonlari bilan ham 6 dekabr kuni bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Bu film atrofidagi jarayonlardan xabardor mulozimlardan biri namoyishning Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq raisi¸ hozirda senator bo‘lib qolayotgan general Rustam Inoyatov aralashuvi bilan to‘xtatilganini iddao qildi.

Filmni bevosita ko‘rgan mulozim bunday iddaoni inkor etmadi.

Aniq ayta olmayman kim¸ aynan nimaga to‘xtatganini. Qodirov va boshqa sobiq amaldorlar¸ sirtdan qaraganda¸ jinoyatiga iqror bo‘lib¸ tavba-tazarru qilayapti. Lekin kinoni ko‘rib bo‘lgandan keyin O‘zbekistonning eng katta amaldorlari shuncha jinoyatni shuncha uzoq vaqt qilib yurganda¸ hozirgilar qaerda edi¸ nimaga to‘xtatmadi¸ degan savol tug‘iladida! Zanjir reaksiyasi degan gap borku! Menimcha¸ shundan qo‘rqishdi shekilli”¸ dedi Ozodlik gaplashgan mulozim.

Qodirov haqida Prezident nima degan edi?

2000-2015 yillarda O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimida ishlagan Rashitjon Qodirovning 2018 yil 22 fevral kuni qamoqqa olingani haqida Ozodlik birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

Bu xabardan bir oycha vaqt o‘tib-o‘tmay Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 17 mart kuni Samarqandda qilgan ma’ruzasida sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovni nega “qamaganini” izohlagan edi.

Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada.

Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o‘g‘ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada. Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz”, deb iqtibos keltirgan edi mahalliy matbuot.

Bu bayonotdan ko‘p o‘tmay - 19 may kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi yig‘inda Mirziyoyev¸ hali sud hukm chiqarmagan Qodirov ustidan “o‘z hukmi”ni e’lon qilgan edi.

“Mana, Bosh prokuror (sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahr.) butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televideniye orqali o‘zini gapirtiraman.

Negaki, korrupsiyalashtirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib berayapti. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder! Va boshqa tashkilot rahbarlari ham, MXXning sobiq besh nafar muovini ham qamalib yotibdi. Hammasi o‘g‘ri, qip-qizil o‘g‘ri. Qanday og‘ir bo‘lmasin, men baribir hammasini joyiga qo‘yaman.

Kimning puli bular - xalqniki! Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan.

Hammasi borib, Boltiqbo‘yida uy qurib olgan. Suratlarini ko‘rsangiz, kechirasiz, Amir Temur bobomiz shuncha millatning rahbari bo‘lib ham, unday joylarda yashamagan. Amirlikning shayxlari ham bunaqa joyda yashamaydi. Kimning puli bular - xalqniki! Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan. Shuning uchun, prokuraturada 70 foiz odam almashdi, halol odamlarni qo‘ydim. Kim xiyonat qilsa, shunday yo‘ldan boradi.

Hammani kechiraman, faqat o‘g‘irlik qilmay, xiyonat qilmasa, u mening do‘stim bo‘ladi. Ana shuni xalqim bilishi kerak”, deb iqtibos keltirgan edi bu majlisni yoritgan Kun.uz nashri muxbiri.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 26 iyun kuni O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov va yana 12 nafar shaxs ustidan hukm o‘qildi.

Yunusobod tuman sudi binosida bo‘lib o‘tgan mahkama hukmi bilan 67 yashar Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG