Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:33

Mirziyoyev Toshkent hokimiga yana "noqonuniy buzilishlar qilib, imijni buzmaslik"ni uqtirdi (FOTO)


11 yanvar kuni prezident Sh. Mirziyoyev Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘da qayta ta’mir jarayonini borib ko‘rdi.

Kun.uz nashrining xabar qilishicha, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga poytaxtda rejalashtirilayotgan qurilish ishlari haqida ma’lumot bergan.

Xabar mazmuniga ko‘ra, 3 oy muqaddam jamoatchilik va prezidentning tanqidiga uchragan, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev 2020 yilda ham poytaxtdagi qurilishlarga bosh bo‘ladi.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, 11 yanvar kuni Milliy bog‘da prezidentga hamroxlik qilgan mulozimlar davrasida bo‘lgan Toshkent hokimi 2020 yilda ham poytaxtda qurilishlar davom etishi - 302ta ko‘p qavatli uy, 17 ming 262ta kvartira qurilishi rejalanayotgani haqida ma’lumot bergan.

Nashrning o‘z muxbiriga tayanib xabar qilishicha, hokimning bu rejalariga javoban prezident Toshkentdagi qurilishlarda e’tibor qilinishi kerak bo‘lgan muhim jihatlarni aytib o‘tgan.

"Hokimliklar buziladigan binolarning kompensatsiya to‘lovini to‘lab, aholi rozi bo‘lgachgina yangi qurilishni boshlashi kerak. Hozir hammasi oson. Ommaviy axborot vositalari rivojlanib bormoqda. Ular har bir harakatimizni kuzatib, yoritib borishmoqda. Menga uy-joyni noqonuniy buzish orqali aholini norozi qilish, shuningdek, noqonuniy buzilishlar tufayli O‘zbekiston imiji dunyoga noto‘g‘ri jihatdan ko‘rinishi kerak emas", deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident matbuot xizmati Mirziyoyevning Milliy bog‘ga tashrifini xabar qilarkan, shahar hokimi bilan muloqotning bu qismi haqida ma’lumot bermadi.

Rasmiy xabarda, poytaxtdagi yangi loyihalar rejasini ham Toshkent hokimi shaxsan taqdim qilgani aks etmadi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2019 yilning noyabrida - mamlakatdagi yetakchi Kun.uz Internet nashri muxbirlari bilan mojarosidan so‘ng Mirziyoyevning tanqidiga uchragan edi.

Mojaro o‘tgan yil 16 noyabr kuni Toshkent hokimining jurnalistlarni geyga chiqarishi, mahallasida sazoyi qilishi va jismonan yo‘q qilishi mumkinligini aytib, tahdid qilayotgani qayd etilgan audio ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgach, boshlangan edi.

Mirziyoyev o‘tgan yili 22 noyabr kungi aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida, hokimning ismini tilga olmagan, ammo jurnalistlar bilan "muomala qilishni bilmaydigan", "ma’naviyatsiz, kekkaygan" amaldorni siyosatga xiyonatda ayblab, chora ko‘rishidan ogohlantirgandi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG