Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:16

Vazir Ozodbek Nazarbekovning "Ilhom" teatri o‘z joyida qoladi degan va’dasi tasdig‘ini topmadi


12 fevral kuni "Ilhom" teatri taqdiri bo‘yicha Toshkentda maxsus matbuot anjumani o‘tkazildi.
12 fevral kuni "Ilhom" teatri taqdiri bo‘yicha Toshkentda maxsus matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Ilhom” teatri kamida bir yarim yilga o‘z joriy binosidan ko‘chiriladigan bo‘ldi.

Bu esa¸ 11 fevral kuni O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali jamoatchilikka bergan va’daga ziddir.

"O‘zbekiston teatr san’atining tashrif qog‘ozi sanalgan bu teatr o‘zining 45 yillik to‘yini sargardonlikda o‘tkazadi. Teatrning asosiy muammosi esa hal bo‘lmadi"¸ deb xabar berdi 12 fevral kuni teatrning o‘zi joylashgan binodan chiqarib yuborilishi haqida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumaniga borgan Ozodlik muxbiri.

Tadbirda so‘zga chiqqan binoning yangi egasi Ofelos plaza MChJ vakili Olga Shavrina teatr joylashgan bino ta’miri bir yarim-ikki yilga cho‘zilishi va shu muddat ichida teatr hozirgi joyini tark etishi lozimligini bildirdi.

Teatr jamoasining «Bu mumkin emas»¸ «Bu teatr uchun o‘limni bildiradi. Bizga uch ou deyishgan edi» degan gapini Olga Shavrina e’tborsiz qoldirdi.

Yangi mulkdorning «Biz sizni chiqarib yubormoqchi emas edik»¸ degan gapi teatr rahbari Boris Gafurovnig jiddiy e’tirozi bilan qarshilandi.

Gafurov teatr jamoasidan binoni aprelga qadar bo‘shatishni so‘ralgan hujjatni barchaga ko‘rsatib¸ muassisni ikkiyuzlamachilikda aybladi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva "Ilhom" teatriga yangi bino qidirilayotganini aytdi.

Matbuot anjumanida savol bergan jurnalist Aleksey Volosevich «Bino 2017 yilda kim tomonidan va qaysi shaklda sotib olindi? Shirkat ta’sischisi podpolkovnik Ne’matullo Haydarov kim? Uning Davlat soliq qo‘mitasining sobiq rahbari general Parpiyevga qanday aloqasi bor? degan savolni berdi.

Bu va boshqa savollarga binoning yangi egasi Olga Shavrina javob bera olmadi.

«Teatr ustiga biznes markazi ko‘tarishmoqchi ekan. Qurilish ta’sischilarining holatiga achindim»¸ deydi "Ilhom" teatrini saqlab qolish bo‘yicha matbuot anjumanida qatnashgan jurnalist Nigora Umirova.

"Ilhom" o‘zi joylashgan binodan chiqarib yuborilishi haqida 7 fevral kuni chiqqan xabar ortidan taniqli san’atkor va oddiy tomoshabinlar ijtimoiy tarmoqlarda teatrni saqlab qolamiz #saveilkhom degan xeshteg ostida tadbir boshlangan edi.

Bu xeshteg ostida taniqli akterlar Seydulla Moldaxanov¸ rejissyor Timur Bekmambetovlar bilan bir qatorda O‘zbekiston prezidentining qizi Saida Mirziyoyeva ham "Ilhom" teatrini “xafa qildirib qo‘ymaymiz” deya o‘z Telegram kanalida munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi norozilik ortidan O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 11 fevral kuni teatrga borib¸ direktor bilan uchrashuvda "teatrni joriy binosida saqlab qolish" haqida va’da bergan edi.

Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasi "Ofelos Plaza" MChJga sotilishi ortidan¸ Ozodlik ixtiyoridagi hujjatga ko‘ra¸ 7 fevral kuni yangi mulkdor mehmonxona pastki qavati va yerto‘lasida faoliyat yuritib kelayotgan teatr jamoasidan binoni aprelga qadar bo‘shatishni so‘ragan.

Ozodlik bilan11 fevral kungi suhbatda o‘zini SP OOO “Ofelos plaza” firmasi rahbari Ne’matullo Haydarovning o‘rinbosariman" deb tanishtirgan shaxs "Ilhom" teatri binodan chiqib ketsin. Mulk bizniki!" deya bildirgan edi.

"Ilhom" teatri 1976 yilda "Yosh teatrlarning eksperimental studiyasi" nomi bilan tuzilgan bo‘lib, Sovet Ittifoqi hududida hukumatga tegishli bo‘lmagan ilk mustaqil teatrdir.

XS
SM
MD
LG