Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2020, Тошкент вақти: 07:46

Tadqiqotchilar COVID-19 asoratini kamaytiradigan dori topish ustida bosh qotirmoqda


Kanadalik tadqiqotchilar dushanba kuni koronavirus bilan bog‘liq o‘pkadagi asoratlar va o‘limga sabab bo‘luvchi xatarlarni kamaytirish uchun o‘pka shamollashiga qarshi kuchli dorini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotga kirishdi.

COVID-19 virusini yuqtirgan 7-8 nafar bemorning o‘pkasi “sitokin bo‘roni” deb ataluvchi faollashgan immunitet hujayralari qattiq tebranishi sababli og‘ir asoratlarga duchor bo‘lgan.

Sitokin bo‘roni vaqtida immunitet tizimi haddan ziyod reaksiya bildirib, o‘pka to‘qimalarini shikastlaydi hamda bu hol nafas yo‘llari funksiyasi buzilishi va bir qancha tana a’zolari yetishmovchiligiga olib boradi.

Monreal Yurak instituti tadqiqot markazi direktori va Monreal universitetiinng tibbiyot professori Jan-Klod Tardif rahbarligidagi guruh kolxitsin preparati mavjud immunitet hujayralari hamda ularni faollashtiruvchi va sitokinlar deb ataluvchi birikmalarni COVID-19 virusini yuqtirgan bemorlar tanasida keragidan ortiqcha ishlab chiqarishni yengillashtirishga xizmat qilishidan umidvor.

Agar tadqiqot natijalari muvaffaqiyatli chiqsa, niqriz (podagra) va perikarditni (yurak membranalari yallig‘lanishi) davolashda ishlatiladigan, oson topiluvchi va qimmat bo‘lmagan dori pandemiyaga qarshi kurashda asosiy vosita bo‘lishi mumkin.

Matbuot konferensiyasida bosh vazir Jastin Tryudo Kanadada vaksina ishlab chiqish va ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun 192 million Kanada dollari (132 million AQSh dollari) ajratilishi hamda klinika sinovlari o‘tkazish va pirovardida vaksina ishlab chiqarib, davolashga kirishish uchun firmalar bilan hamkorlik qilinishi haqida bayonot berdi.

‒ Turli istiqbolli variantlar paydo bo‘lishi bilan Kanadaga imkon qadar tezroq ommaviy tarzda davolashga kirishishi uchun quvvatlar kerak bo‘ladi, ‒ dedi u.

Bosh vazir sanab o‘tgan firmalar qatoriga Vankuverdagi AbCellera, Kvebek shahridagi Medicago va Torontodagi BlueDot startapi kiradi. Ushbu startap Xitoyning Vuhan shahrida COVID-19 keng tarqalayotganini Jahon sog‘liq tashkilotidan 9 kun oldin qayd etgan va buning uchun sun’iy aqldan foydalangan edi. Yana hamkorlar qatoriga Saskachevan universiteti va Milliy tadqiqot kengashi kiradi

Tardif Radio-Canada ijtimoiy radiosiga uch oy ichida kolxitsin koronavirusni yuqtirgan bemorlarni davolashda samarali ekani yoki emasligini aniqlashga umid qilayotganini aytdi.

U kolxitsinni COVID-19 ni yo‘q qiluvchi vosita sifatida qo‘llashga aksariyat bolalar ushbu kasallikka chidamli ekani ma’lum bo‘lgandan so‘ng qiziqib qolganini aytdi.

Odatda bolalar tanasining shamollash va grippga reaksiyasi kattalarnikiga nisbatan past bo‘ladi.

Laboratoriya sinovlari paytida ham shamollashga bo‘lgan reaksiyasi bloklangan jonivorlar gripp bilan og‘rigandan so‘ng ko‘proq yashab qolgan.

Ushbu taxminni 125 kishi ishlab chiqdi va Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi Kvebek hukumati homiylik qilgan tadqiqotga 24 soat ichida ruxsat berdi.

Yurak instituti bayonotida aytilishicha, tadqiqotchilar klinik sinov uchun koronavirus yuqtirgan 6000 nafar kanadalikni qidirmoqda.

Yakshanba kuni soat 22:00 ga qadar 1430 ta COVID-19 yuqtirganlik va 20 ta o‘lim holati aniqlangan, xolos. Shu paytgacha 100 ming nafar kanadalik tibbiy sinovdan o‘tkazildi.

Tryudo hukumat virusning laboratoriya sinovlarini tezlashtirayotganini aytib, mamlakatdagi tadqiqot maktablaridan har qancha zaxira niqoblari va o‘pkani sun’iy shamollatuvchi uskunalar bo‘lsa, ularni yetkazib berishni, shuningdek, tibbiyot materiallarini 3D formatida chop qilishni so‘radi.

XS
SM
MD
LG