Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:09

OzodDayjest: Qanday qilib 11 nafar shifokor koronavirusga chalindi?


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 221 kishiga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 221 kishiga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining 4 ssenariysi bashorat qilindi. Deputat Kusherbayev karantinda xodimlarini daromadsiz qoldirayotgan tashkilotlarni nomardlikda aybladi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

O‘zbekistonlik shifokorlar qanday qilib koronavirus yuqtirgani masalasiga oydinlik kiritildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarning asosiy qismi davolanayotgan Virusologiya instituti bosh shifokori o‘rinbosari Maxmarajab Rahmonov davolash jarayoni qanchalik mushkul kechayotgani haqida so‘zlab berdi (www.gazeta.uz, 31 mart).

M.Rahmonovga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bo‘yicha ilk bemor ro‘yxatga olingan 15 martdan boshlab institutning 71 xodimi ikki hafta davomida klinikadan chiqmay faoliyat yuritgan.

“Biz 14 kun klinikadan chiqmadik. Oilam bilan faqat telefon orqali gaplashdim... Kuniga 4 soat uxlashga to‘g‘ri keldi, ish ko‘p edi, chunki bu birinchi to‘lqin edi” ,- deydi M.Rahmonov.

Koronavirus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bemorlar orasida 11 nafar tibbiyot xodimi ham bor. Xo‘sh, qanday qilib shuncha shifokor virusga chalindi?

“Agar tibbiyot xodimi o‘ziga zarbani qabul qilmasa, unda kim bu ishni qiladi? Ular bor kuchlarini sarflashmoqda va infeksiyadan qo‘rqayotganlari yo‘q. Agar ular bu tarzda ishlamasalar, unda bemorlar va o‘lim holatlari ko‘payar edi” , - degan ushbu savolga javoban Virusologiya instituti bosh shifokori o‘rinbosari.

29 mart kuni institutning 71 nafar tibbiy xodimi o‘z hamkasblari bilan o‘rin almashishdi. 14 kun davomida ishlagan fidoyi xodimlar Bo‘stonliq tumanidagi pansionatga jo‘natildi.

Oksford universiteti O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi yuzasidan taxminlarini e’lon qildi

Oksford universitetining Insoniyat kelajagi instituti tadqiqotchilari koronavirus pandemiyasining 150 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan bashoratini e’lon qildi. Bu haqda bir qator matbuot nashrlari xabar berdi.

O‘zbekiston uchun voqealar rivojining 4 asosiy ssenariysi keltirilgan. Birinchi taxminga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmasa, 18-23 million kishi (aholining 58-73 foizi) infeksiyaga chalinadi.

Ikkinchi bashoratga ko‘ra, 35-50 foiz aholini izolyatsiya qilish orqali koronavirus tarqalishi tezligi 20 foizga pasaytiriladi. Bu holatda virus aholining 45-67 foiziga yuqadi.

Uchinchi taxminga ko‘ra, kuchli karantin o‘rnatilib, 65-80 foiz odam izolyatsiyaga olinadi, ommaviy testlar o‘tkaziladi, chegaralar yopilib, transport harakati cheklanadi.

Bu vaziyatda kasallanganlarning umumiy soni 520 mingni (1,6 foiz) tashkil qiladi. To‘rtinchi ssenariyga ko‘ra, o‘ta qattiq karantin orqali 90-95 foiz aholi ihotalanadi, ko‘chaga chiqish taqiqlanadi, ommaviy test o‘tkazilib, transport harakati butunlay cheklanadi. Mazkur modelda kasallanganlarning umumiy soni 6,6-9,8 mingni (0,02-0,03 foiz) tashkil qiladi.

Rasul Kusherbayev: “Vaqti kelib bu masalada hukumatdan izoh so‘raymiz”

Karantin sharoitida xodimlarini o‘z hisobidan mehnat ta’tiliga chiqarib yuborayotgan korxona va tashkilotlarni xodimlariga nisbatan nomardlik qilmoqda, deb hisoblaydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev. Qayd etilishicha, buni “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi misolida ko‘rish mumkin. Bu holat qonunchilikka, xususan, prezidentning koronavirus pandemiyasi salbiy ta’sirini yumshatishga doir farmoniga ziddir.

R. Kusherbayevga ko‘ra, parlament ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolar ishini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda hal etishga intilmoqda. Vaziyat yaxshilanishi bilan esa mehnat qonunchiligini qo‘pol tarzda buzgan idoralar bo‘yicha parlament eshituvi o‘tkazilishi shart.

“Joylarda haliyam mantiqsiz yig‘ilishlar bo‘layotgani haqida ham bilib yuribmiz. Ayniqsa, mahalla raislari va xodimlarining uyma-uy yurishga majburlanayotgani bugungi kun sharoitida ham kulgili, ham achinarli hol. Bunga yo‘l qo‘yayotgan hokimlar ayni vaqtda buning naqadar mantiqsiz ekanini anglashlari kerak. To‘g‘risi, bu hukumatning quyi darajadagi bo‘g‘inlarida yashayotgan muammo. Ammo biz vaqti kelib hukumatdan bunga izoh so‘rashimiz kerak”, - degan deputat R.Kusherbayev.

XS
SM
MD
LG