Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:10

MIB o‘rinbosari karantin paytida qarzdorlikni undirmagan xodimlarini bo‘ralatib so‘kdi(AUDIO)


MIB xodimlari aholidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha uyma-uy yurib tushuntirish olib boradi. (Bu suratning maqoladagi voqeaga aloqasi yo‘q).
MIB xodimlari aholidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha uyma-uy yurib tushuntirish olib boradi. (Bu suratning maqoladagi voqeaga aloqasi yo‘q).

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar Majburiy ijro byurosi boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Ahmedovning karantin paytida majburan ishlatilgan xodimlarini shaxsiyatni tahqirlovchi so‘zlar bilan so‘kkani yozilgan audio Ozodlikka yuborildi.

Bu yozuvni Ozodlikka taqdim qilgan MIB xodimlarining aytishicha¸ Ahmedov ularni karantin sharoitda aholidan kam pul yiqqani uchun haqorat qilgan.

Ozodlik Farhod Ahmedovdan bu audio yuzasidan munosabat olish maqsadida unga yozuvni taqdim qildi. Ammo audio bilan tanishib chiqqan Ahmedov¸ unga umuman munosabat bildirmadi.

Ozodlik telefonda gaplashgan Farhod Ahmedov audioyozuvdagi ovozning o‘ziniki ekanini rad qilgani yo‘q.

Ishdan ajrash tahdidi boisi o‘z shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan Shahrisabz shahar MIB xodimi Ozodlikka yuborilgan audioning Farhod Ahmedov 8 aprel kuni o‘tkazgan majlisdan yozib olinganini bildirdi.

“Bu majlis ayni karantin qattiq qilingan paytda o‘tkazilgan edi. Qoida bo‘yicha, biz karantin paytida o‘z hisobimizdan ta’tilga chiqishimiz, karantin tartibini saqlashimiz kerak edi. Ammo, boshliq o‘rinbosari Farhod Ahmedov hammani majburan ishga chiqarib, aholidan pul undirib kelasan, deb majlis o‘tkazgan edi. Boshliq o‘rinbosari bir kishi emas, hammani shaxsiyatiga tegib haqorat qildi”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:38 0:00
Бевосита линк


Audiodagi Shahrisabz MIB boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Ahmedov deb aytilgan shaxs kam pul tushum qilgan xodimlariga qaratib gapirar ekan, ularni uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Endi man shunday si...b turib, mana bunaqa ko‘tarib turib o‘ynataman, sanlar mani si...mni o‘rtasida o‘ynaysan endi.


“X...yna bo‘ldi deysilar. Kelaykansilar, x...yna, Farhod akamni aldeymiza, qulog‘iga lag‘mon ilamiz, bir ko‘taramiz ketamiz, deykansanla. Bir-ikkitalaringni bilaydim, shundayligini, e bo‘pti deb, indamay qo‘yaydim. Lekin qolganing ham shu darajada qo‘shilib bo‘lgan ekansanla. Bo‘ldi mana shunaqa shart bilan, biza chiqib ishlaymiz, belimiz sinib qolmaydi. Hamma chiqib ishlaydi, lekin men ham shu oyning oxirida yo‘qotishga(xodimlarni-tahr.) va’da beraman. Shunaqa si...b o‘ynayman manam, tomosha qilasilar. Endi tomosha boshlanadi. Endi man shunday si...b turib, mana bunaqa ko‘tarib turib o‘ynataman, sanlar mani si...mni o‘rtasida o‘ynaysan endi. Endi man ko‘rsataman sanlarga”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк


Shundan so‘ng audioyozuvdagi Farhod Ahmedov xodimlarni qamatib yuborish, “reshetka”ga tiqish bilan tahdid qiladi.

Itman deyman, agar qamatib yo‘qotmasam shu yerdan.


“Men ham chiqib ishlayman, lekin yo‘qotishga va’da beraman. Ne tolko ishing bo‘yicha, boshqa gap bilan ham yo‘qotaman. Cherez reshetka yo‘qotmasam, itman deyman, aytib qo‘yay. Itman deyman, agar qamatib yo‘qotmasam shu yerdan. Tushundilaringmi, boshliq shunday yo‘qotayotgan bo‘lsa, men qamatib yo‘qotaman, nax...y! Hammangni aybingni bilaman!”

Shahrisabz shahar MIB boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Ahmedov 7 may kungi telefon suhbatida xodimlarini karantin paytida majburlab ishlatgani va ularni haqorat qilganini Ozodlikka inkor etar ekan, audioni o‘ziga yuborishni iltimos qildi.

“Men haqorat qilganim yo‘q, hozir sizdan eshitib hayron qoldim men. Balki adashmovchilikdir. Menga aduioni bir eshittiringchi, keyin aytaman fikrimni”.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00
Бевосита линк


Ozodlik muxbiri Farhod Ahmedovning Telegram kanaliga aduioni yuborganidan so‘ng, yuborilgan fayl ko‘rilgani haqida belgi chiqdi. Lekin Ozodlikning “munosabatingizni bildiring” savoliga va telefon qo‘ng‘iroqlariga Farhod Ahmedov boshqa javob bermadi.

Ozodlik telefonda gaplashgan Farhod Ahmedovning ovozi audioyozuvdagi ovozga uyqash va Ahmedov bu ovozning o‘ziniki ekanini rad etgani yo‘q.

Shahrisabz MIBning ismi sir qolishini so‘ragan boshqa bir xodimining aytishicha, audiodagi haqoratlar Farhod Ahmedovning xodimlarini tahqirlashining birinchisi emas.

Biz ham borib to‘lamasang o‘chiramiz¸ deb ogohlantiramizu, ichimizda o‘zimiz qiynalamiz.


“Har kuni yarim kechasigacha ishlaymiz. Sharoitni ko‘rib turibmiz, shu xalqni ham ezmasdan sal yengilroq ishlashimiz kerakmi ¸deymanda. Karantin sabab kunlik pul topadigan oilalar qiynalib qoldi. To‘g‘ri, svetga, gazga to‘lolmayapti. Hozir to‘lolmaydigan oilalar 60 foizga yetdi. Biz ham borib to‘lamasang o‘chiramiz¸ deb ogohlantiramizu, ichimizda o‘zimiz qiynalamiz. Xalqqa og‘ir bo‘ldi. Shunday bir sharoitda bu rahbarlar bor, chiq undirib kel deb haqorat qilib tursa odamga juda alam qilar ekan”.

Joriy yilning 24 mart kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, ya’ni karantin davrida yengillik yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar (jismoniy) tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi»ni ma’lum qilgan edi.

O‘zbekistonda MIB boshliqlarining o‘z xodimlarini tahqirlab, haqorat qilishi birinchi bor kuzatilayotgan hodisa emas.

Namangan viloyati Uychi tumani Majburiy ijro byurosining boshlig‘i Sherali Mamarizayev qo‘l ostidagi xodimlarining onasini yoppasiga haqorat qilgani haqidagi Ozodlik maqolasidan so‘ng boshliq ishdan bo‘shatilgan edi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarkand viloyati Urgut tuman bo‘limi boshlig‘i Azamat Ashurov o‘z xodimlarini haqorat qilgani sababli tuman hokimligi tarafidan 2019 yilning 4 mart kuni ogohlantirgandi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Majburiy ijro byurosining boshlig‘i, podpolkovnik Sohibjon Hamidovning o‘z xodimlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlayotgani va urayotgani iddao qilingan ikki audiofayl va bir video haqida Ozodlik 2018 yilning avgust oyida yozgan edi.

XS
SM
MD
LG