Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:00

Prezident Mirziyoyev Rossiyadagi munozarali referendumni qo‘llab-quvvatlagani Putinga qo‘l keladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan. Toshkent, 2018, 19 oktabr
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan. Toshkent, 2018, 19 oktabr

E’tiboringizga tahlilchi Umida Hoshimovaning The Diplomat nashrida 13 iyul kuni e’lon qilingan maqolasini havola qilyapmiz.

24 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Harbiy parad COVID-19 pandemiyasi tufayli 9 maydan 24 iyunga ko‘chirildi. Paraddan bir kun oldin Mirziyoyev prezident Vladimir Putin bilan qisqa muddatga uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida Mirziyoyev 25 iyun – 1 iyulga belgilangan va konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishga doir referendumni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Putinga omad tiladi. Bu orada Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ovoz berganlarning 78 foizi konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilishini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.

Kreml e’lon qilgan bildiruvga ko‘ra, Mirziyoyev Rossiya rahbari bilan uchrashuvi davomida shunday degan:

- Bu fursatdan foydalanib, sizga muvaffaqiyat tilamoqchiman. 1 iyul yangi Rossiya uchun tarixiy kun – konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritiladi. Mening fikrimcha, odamlar buni to‘g‘ri tushunmoqda. Biz hozir ko‘rib turgan va gapirayotgan ishlarni allaqachon qilish kerak edi. Hozir buning vaqti keldi. Bu o‘zgartishlar Rossiya xalqiga xizmat qiladigan o‘zgartishlar bo‘ladi, deb o‘ylayman. Shuning uchun yangi Rossiya uchun bu yangi kun muvaffaqiyatli o‘tishini xohlayman.

Mirziyoyev konstitutsiyaga kiritilayotgan qaysi o‘zgarishlarni qo‘llashini ochiqlamadi. Rossiya konstitutsiyasiga kiritilgan eng muhim o‘zgartirish Putinga 2036 yilgacha hokimiyat tepasida qolish imkonini beradi. Ammo Mirziyoyevning sharhlaridan u Putinning avvalgi va kelajakdagi prezidentlik muddatlariga ijobiy munosabatda ekanligi, Putinni Rossiya uchun eng yaxshi rahbar o‘laroq ko‘rishi oshkor bo‘ldi. Shuningdek, Mirziyoyevning sharhlaridan u Putinning ichki va tashqi siyosatini qo‘llashini xulosa qilish mumkin.

Putin endi hokimiyat tepasida kamida yana 16 yil qoladi. Bu esa Toshkent va Rossiyaning boshqa hamkorlari uchun muhim ahamiyatga ega. Kuzatuvchilarning aytishicha, konstitutsiyani o‘zgartirishni Rossiya xalqi qo‘llagani Putinni Yevrosiyodagi neoimperial siyosatini davom ettirishga undashini kutish mumkin. Qolaversa, rasmiy Moskvaning keyingi paytda yashirmayotgan revizionistik qarashlari Toshkentning geosiyosiy yo‘l tanlashini mushkullashtiradi. O‘tgan oyda prezident Putin sobiq sovet mamlakatlari Rossiya «tuhfa» qilgan hududlarga ega bo‘lib olganini ta’kidladi. Prezident bu bilan Qozog‘istonni nazarda tutgani aytilmoqda.

Moskva Markaziy Osiyo davlatlariga o‘z qudratini tez-tez eslatib turadi, Putin esa mintaqadagi davlatlarni Moskvaga bo‘ysunuvchi davlatlar o‘laroq ko‘rib keladi. O‘zbekistonda o‘zbek tilida ish yuritmagan davlat mansabdorini jarimaga tortish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi ortidan o‘zbek va rus rasmiylari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Boshqa bir misol – 2018 yilda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘iston Rossiya bilan maslahatlashmasdan AQSh fuqarolariga vizasiz mamlakatga kirish imkonini berganini tanqid qildi.

Shuningdek, Lavrov besh Markaziy Osiyo davlati hamda AQShni birlashtiruvchi C5+1 formatining maqsadi mintaqani Rossiyaga qarshi qayrash ekanligini ta’kidladi. 2019 yilda Rossiya rasmiylari ayni ruhdagi fikrni bildirib, Yevropa Ittifoqini Rossiyaning mintaqadagi faoliyatini «hurmat qilishga» chorladi.

O‘zbekiston hamda uning qo‘shnilari Moskva ularga neoimperial munosabatda bo‘lganida sukut saqlab yoki qat’iyatsiz javob qaytarib keladi. Moskva esa mintaqa unga sodiq qolishini ta’minlash uchun kurashmoqda. Shunday qilib kelgan, qilishda davom etadi. Putin hukmronligi davrida Rossiyaning Markaziy Osiyoni boshqarish istagi yana kuchaydi. Mirziyoyev hokimiyatga mahkam chirmashib olgan Putinga aytgan gaplar esa Rossiya rahbarini mintaqa ishlariga yanada ko‘proq aralashishga ruhlantirishini kutish mumkin.

XS
SM
MD
LG